Venesuela hukumati payşanba kuni, 8 yanvar kuni venesuelalik va xorijlik mahbuslarning “katta soni” ozod etilişini e’lon qildi. Ozod qilinganlar orasida maşhur muxolifat namoyondalari ham bor. Ozod etilayotgan mahbuslarning aniq soni va ismlari hozirça ma’lum emas, deb xabar qiladi dpa agentligi. Ispaniya Taşqi işlar vazirligi esa ozod qilinganlar orasida beş nafar Ispaniya fuqarosi ham borligini bildirdi.

El Nacional gazetasi ma’lumotlariga köra, venesuelalik muxolif siyosatçi Xuan Pablo Guanipa hamda huquq himoyaçisi Rosio San-Migel ozodlikka çiqarilişi kerak. OAV şuningdek Rafael Tudares — siyosatçi Edmundo Gonsales Urrutiining kuyovi ham ozod qilinişi mumkinligi haqida xabar qilmoqda. Muxolifat va xalqaro kuzatuvçilar fikriça, Gonsales Urrutiya Venesueladagi sönggi prezidentlik saylovlarida amalda Nikolas Maduroni mağlub etgan.

Foro Penal huquq himoya taşkiloti ma’lumotiga köra, Venesuelada hibsda taxminan 800 nafar siyosiy mahbus bor. Ularning köpçiligi 2024 yili Nikolas Maduro qayta saylanganiga qarşi namoyişlar paytida hibsga olingan. Xalqaro taşkilotlar va faollar Venesuela kuç tuzilmalarini inson huquqlarini jiddiy buzişda ayblamoqda.

Venesuelalik huquq himoyaçisi Marta Tineoning aytişiça, mahbuslar “Gelikoid” (El Helicoide) qamoqxonasidan ozod etilmoqda. Uşbu qamoqxona saqlaş şaroitlarining öta şafqatsizligi va Maduro rejimiga qarşi bölganlarga nisbatan qiynoqlar qöllanişi bilan tanilgan.

Nobel tinçlik mukofoti laureati va Venesuela muxolifati yetakçisi Mariya Korina Maçado siyosiy mahbuslarning ozod etilişini olqişladi. U bundan avval Delsi Rodriges rahbarligida tuzilgan Venesuelaning yangi hukumatini “mutlaqo vaqtinçalik” deb ta’riflagan, AQŞ prezidenti Donald Trampni Karakasda Nikolas Maduroni qölga oliş operatsiyasi uçun maqtagan va Vaşington harakatlarini “insoniyat, erkinlik va inson qadr-qimmati uçun ulkan qadam” deb atagan.