Jahon | 12:27 / 06.10.2016
4542
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Tramp biznesiga aloqador mulozimlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan

Foto: © AFP

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp bir necha marotaba Amerika bosh prokurorlarining saylov kampaniyalariga moliyaviy hadyalar qilgan. 

The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, Tramp va uning oila a'zolari 1980 yillardan boshlab bosh prokurorlar foydasiga mablag‘ o‘tkazib kelgan. Nashrning yozishicha, yordam pullari asosan, mulozimlarning Tramp kompaniyalari ishiga o‘z ta'sirini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan vaqtlarda o‘tkazilgan. 

Jumladan, Tramp 2013 yili Florida shtati bosh prokurori Pem Bondi saylov kampaniyasi jamg‘armasiga 25 ming dollar o‘tkazgan. Bu vaqtda, bosh prokuror «Tramp Universitet»iga nisbatan ilgari surilgan firibgarlik ayblovi bo‘yicha yakuniy xulosani chiqarishi lozim bo‘lgan. 

«Tadbirkor va kerakli odamlarga sezilarli hadyalar qiluvchi inson sifatida, sen ularga nimalardir ulashsang, nimani xohlashingdan qat'i nazar, barchasini muhayyo qilishlarini yaxshi tushunaman. Tadbirkor sifatida bu narsa menga kerak», —deya Trampning 2015 yilgi intervyusidan iqtibos keltiradi gazeta. 

Nashrning qayd etishicha, moliyaviy hadyalar hisobotiga ko‘ra, bosh prokurorlar va bu lavozimga nomzodlar 2001-2014 yillarda Trampdan umumiy hisobda 140 ming dollarga yaqin yordam olishgan bo‘lsa, ularning ayrimlari hadyalarni qaytarishgan. 

Avvalroq, Tramp tijoriy foyda ko‘rish uchun har doim Amerika soliq qonunchiligidagi mavjud imkoniyatlardan foydalanishga urinib kelganini tan olgan edi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid