Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buzilgan «Toj-Mahal» yeri 30 mln dollarga baholandi
Foto: ABC NEWS
Avstraliyaning Pert shahrida yaqinda buzib tashlangan «Suon daryosi bo‘yidagi Toj-Mahal» yer maydoni 30 mln dollar evaziga sotuvga qo‘yildi. Qurib bitkazilmagan ushbu «Toj-Mahal» hindistonlik milliarder Pankay Osvalga tegishli bo‘lgan. Riyeltorga ko‘ra, saholiyatli xaridorlar inshootni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirganlar, deb yozmoqda Daily Mail.
Yer maydonini sotish bilan shug‘ullanayotgan William Porteous Properties International brokerlarining aytishicha, u qisman yoki butunlay sotilishi ham mumkin.
Bir paytlar, asli hindistonlik milliarder Pankay Osval va uning rafiqasi Radxika Pertning eng obro‘li tumanlaridan biridagi Hind okeaniga quyiluvchi daryo sohilida joylashgan yer maydoni uchun 22 mln dollar to‘lagan. Ular, bu yerda Hindiston uslubida 7ta gumbazli, sport zali, suzish havzasi va 17 ta avtomobil uchun garajga ega ulkan uyni qurishni rejalashtirishgandi.
Ammo, «Toj-Mahal»ning 2010 yili boshlangan qurilishi Avstraliya hukumatining milliarderga nisbatan soliq to‘lamaslik va shahar qurilish me'yorlarini buzish aybini ilgari surgach, to‘xtab qoldi. 2016 yil sentabrida Pert shahri ma'muriyati chala qolgan qasrni buzish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, haqiqiy Toj-Mahal Hindistonda bo‘lib, YuNeSKO tarixiy meros ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
12:27
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026
Hindistonda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha chaqiriqlar kuchaymoqda
10:29 / 05.02.2026
Germaniya Avstraliya bilan nodir yer metallari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
15:26 / 04.02.2026