Sport | 15:14 / 07.10.2016
27518
4 daqiqa o‘qiladi

Futbol muxlislari va sport jurnalistlari milliy terma jamoa bosh murabbiyi masalasini muhokama qilishmoqda

Foto: O‘FF

O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2018 saralashi 3-bosqichidagi uchinchi o‘yinda Eronga o‘z maydonida mag‘lub bo‘lishi muxlislarning g‘azabini keltirdi.

Terma jamoa o‘yinlariga befarq bo‘lmagan muxlislar o‘yin hali davom etayotganidayoq o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida alohida holda, shuningdek, xabarlar ostiga izohlar yozish orqali keskin noroziliklarini ifoda qila boshlashdi.

Eronga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga biron marta aniq zarba berilmagani ayniqsa, muxlislarni qattiq ranjitgan.

Ularning aksari birinchi navbatda bu vaziyatda bosh murabbiy Samvel Babayanni aybdor qilishmoqda va u tarkibni tanlay olmaganini ro‘kach qilishmoqda.

Futbol jurnalisti Qahramon Aslanov Samvel Babayanning o‘yindan keyingi matbuot anjumani vaqtida Eronga qarshi o‘yinda Odil Ahmedovning yo‘qligi bilinib qolganini ro‘kach qilganiga munosabat bildirgan.

"Gap faqat Odilning yo‘qligidami? 2012 yilda Yaponiyada dublyorlar uynagan. Eron bilan Toshkentda 5 kishi o‘ynamagan. Ammo o‘yin sifatiga putur yetmagan. 

Bosh murabbiy imkon qadar nomzodlar sonini oshirishi va kim o‘ynasayam qandaydir o‘yin sifati saqlanib qolishi kerak. Bizda imkon qadar kamaytirilgan.

Bu degani, o‘yin sifati umuman yo‘q, faqat o‘sha ma'lum ijrochilarning mahoratiga tayanilib kelinayotganini anglatadi", degan u o‘z tvitterida.

"Stadion" sayti muharriri Olimxo‘ja Bo‘ronov ham vaziyatga befarq qolmagan.

U "Babayanning tarkibiyu taktikasi raqib murabbiylari tugul, futbolga qiziqmaydigan kirakashga ham yod bo‘lib ketgani"ni aytadi.

Sport jurnalisti Zafar Qosimov tviti orqali terma jamoa murabbiyi masalasida avvallari qat'iyroq bo‘lingani haqida eslatadi.

Ashaddiy muxlislar murabbiyni olib tashlashni so‘rashmoqda.

Ulardan biri terma jamoa bosh murabbiyini "Paxtakor"ni unuta turishga va tarkib tanlashda barcha imkoniyatlardan foydalanishga chaqirgan. Tvitda Xitoy bilan o‘yinda ham muvaffaqiyatsizlikka uchralsa, milliy terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi, 2011 yili Osiyo chempionatida muxlislarni g‘alabalarga sarmast qilgan Vadim Karlenovich Abramovni qaytarish taklif qilingan.

Ushbu muxlisning so‘zlari quyidagi bir misra bilan yakunlagan:

Yana bir muxlis esa Samvel Babayanga javob berish zarurati haqida qat'iyroq gapirgan.

Taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov esa yana nostalgiyaga berilgan.

Shu bilan bir qatorda qarama-qarshi fikrlar bildirganlar, Erondan mag‘lub bo‘lishdan fojia yasamaslikni so‘raganlar ham bor.

Tvitterchilardan biri Erondan mag‘lubiyatga quyidagi surat orqali izoh beradi:

 Mag‘lubiyatda faqat murabbiyni emas, terma jamoa futbolchilarini ham jiddiy ayblashgan.

Saytning instagramdagi sahifasida shu o‘yin haqida berilgan xabar ostida ham achchiq so‘zlar bitilgan ko‘pdan-ko‘p izohlar qoldirildi.

 

Mavzuga oid