25 avgust kuni Isroil armiyasining Nasser şifoxonasiga bergan zarbasi oqibatida 21 kişi, jumladan, xalqaro OAVlarning 6 nafar xodimi halok böldi. Netanyahu jonli efirda ketgan bu holatni «fojiali xato» deb atadi. Tramp Ğazodagi vaziyat «ikki-uç haftada yaxşi bölişini» aytdi. Xalqaro taşkilotlar va Yevropa liderlari esa mustaqil tergov talab qilmoqda.

25 avgust kuni Isroil armiyasi Ğazodagi Nasser şifoxonasida işlayotgan fuqaro mudofaasi xodimlari va jurnalistlar turgan joyni nişonga oldi. Natijada voqea joyida kamida 19 kişi öldirildi. Xususan, Reuters, Al-Jazeera, Accosiated Press va NBC telekanali xodimlari ham voqea joyida halok böldi.

Foto: Al-Jazeera
Foto: Reuters

Al-Jazeera muxbirining xabar berişiça, Isroil kuçlari uçirgan kamikadze dron Nasser şifoxonasining tomiga kelib tuşgan va kamida bir jurnalist öldirilgan. Şundan keyin fuqaro mudofaasi jamoalari va jurnalistlar yuqoriga çiqib, jasadni olib tuşmoqçi bölayotganda Isroil kuçlari yana öşa joyni nişonga oldi. Jonli efirda ketgan ikkinçi zarba öşa yerda önlab insonlar ölimiga olib keldi. Reuters, Al-Jazeera va AP jurnalistlari öldirilganini tasdiqladi.

Ğazo media idorasi bayonotiga köra, uşbu hujumdan söng Quds Feed Network va Middle East Eye naşrlarida işlagan beşinçi jurnalist Ahmed Abu Aziz ham jarohatlaridan vafot etgan.

Ahmed Abu Aziz / Foto: Quds Feed

Al-Jazeera'ning yozişiça, duşanba kuni Xon Yunusda sodir bölgan alohida voqeada esa Isroil kuçlari falastinlik jurnalist va akademik Hassan Douhanni ham öldirgan. Şu tariqa bir kunda halok bölgan jurnalistlar soni olti nafarga yetdi.

«Fojiali xatolik»

Isroil boş vaziri Benjamin Netanyahu Ğazodagi Nasser şifoxonasida yuz bergan voqeani «fojiali xatolik» deb atab, Isroil bundan çuqur afsusda ekanini bildirdi.

Isroil armiyasi Nasser şifoxonasi hududida zarba berilganini tasdiqladi va boş ştab rahbari tekşiruv ötkazişni buyurganini ma’lum qildi.

«Aybsiz şaxslarga zarar yetganidan afsusdamiz va jurnalistlarni ataylab nişonga olmaymiz», deya qöşimça qildi IDF.

“Isroil ilgari ham özining uruş jinoyatlaridan söng şunga öxşaş bayonotlar bergan, ammo amalda aybdorlarning javobgarlikka tortilgani deyarli kuzatilmagan” – ayni şu mazmundagi izohlar Isroil boş vaziri X akkauntida bergan bayonot ostida tölib ketgan. Va bunday fikrlarni öng minglab foydalanuvçilar qöllab-quvvatlamoqda.

Anas Aş-Şarif / Foto: CNN

Isroil zarbasi oqibatida 10 avgust kuni Al-Jazeera'ning taniqli jurnalisti Anas Aş-Şarif ham tört hamkasbi bilan birga halok bölgandi. Isroil armiyasi Aş-Şarifni nişonga olib öldirganini va uni Hamas a’zosi deb atagan. Aş-Şarif bu ayblovlarni rad etgan.

Xalqaro reaksiyalar

Oq uydagi matbuot anjumanida AQŞ prezidenti Donald Trampdan u Netanyahu bilan Ğazo böyiça qanday suhbatlar qilgani va oçarçilik yuzasidan BMT qöllab-quvvatlagan hisobotga qöşiladimi, deb söraşdi.

Foto: Reuters

«U yerdagi vaziyat dahşatli... lekin bu nihoyasiga yetmoqda. Menimça, keyingi ikki-uç hafta içida siz juda yaxşi... yakuniy natijaga guvoh bölasiz. Va buni aytiş oğir, çunki ular ming yillardan beri urişib kelmoqda», dedi Tramp jurnalistlarga.

Şuningdek, Trampdan Ğazoda öldirilgan jurnalistlar haqida söralganida, u noroziligini bildirdi.

«Qaçon sodir böldi bu? «Men buni bilmasdim. Ha, bu meni xursand qilmaydi. Bunday bölişini istamayman. Şu bilan birga, bu butun dahşatli tuşni tugatişimiz kerak», deya Trampning sözlarini keltirmoqda Reuters. Naşrning qöşimça qilişiça, AQŞ Davlat departamenti Nasser şifoxonasi böyiça savollarni Isroil hukumatiga yönaltirgan.

Germaniya taşqi işlar vazirligi duşanba kuni Nasser şifoxonasiga qilingan Isroil hujumi oqibatida bir neçta jurnalistlar, qutqaruvçilar va tinç aholining ölimidan larzaga tuşganini bildirdi. «Hujum tergov qilinişi kerak» deb yozdi vazirlik X'dagi postida.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uşbu holatni «çidab bölmas» deb atadi.

«Bugun ertalab Isroilning Ğazodagi şifoxonaga uyuştirgan yangi hujumlari köplab tinç aholi va jurnalistlarning halok bölişiga olib keldi. Bu – mutlaqo qabul qilib bölmaydigan holat: tinç fuqarolar va jurnalistlar har doim himoya qilinişi kerak. OAV mojarodagi haqiqiy vaziyatni yoritişda öz missiyasini erkin va mustaqil bajariş imkoniyatiga ega bölişi lozim. Humanitar yordam qaytarilişi şart. Biz Isroilni xalqaro huquqqa rioya etişga çaqiramiz», deb yozgan Makron.

Foto: Reuters

Makron, şuningdek, Fransiya Qatarning tinçlik sa’y-harakatlarida yaqindan hamkorlik qilayotganini va sentabr oyida bölib ötadigan BMTning 80-Boş assambleyasi oldidan faoliyat olib borayotganini aytdi.

Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lammi bu hujumdan dahşatda ekanini bildirdi.

«Isroilning Nasser şifoxonasiga qilgan hujumidan dahşatdaman. Tinç aholi, tibbiyot xodimlari va jurnalistlar himoya qilinişi kerak. Bizga zudlik bilan öt oçişni töxtatiş kerak», — deydi u.

Saudiya Arabistoni va Qatar taşqi işlar vazirligi Isroilning harakatlarini qoraladi. Turkiya prezidentlik kommunikatsiya idorasi Isroilning Ğazodagi sönggi zarbalarini «matbuot erkinligiga hujum va yana bir uruş jinoyati» deb atadi. «Isroil özining tizimli hujumlari bilan haqiqatning oçilişini tösib qöya oladi, deb aldanmoqda», deydi idora rahbari Burhaneddin Duran.

 Foto: Xitoy taşqi işlar vazirligi

Xitoy Ğazodagi şifoxonaga uyuştirilgan Isroil zarbasini qoraladi. «Biz tibbiy xodimlar va jurnalistlar yana bir bor mojaroda hayotdan ayrilganidan dahşatdamiz va buni qoralaymiz. Biz qurbonlarga ta’ziya bildiraman va ularning oilalariga hamdardlik izhor etamiz», dedi Xitoy Taşqi işlar vazirligi vakili Guo Jiakun.

Hamas harakati esa Isroil hujumini «genotsid uruşi» doirasidagi harakatlaridan biri ekani bildirdi. Taşkilot – xalqaro hamjamiyat hamda arab-islom dunyosi rahbarlarini AQŞ va Isroilning boşqa ittifoqçilariga bosim ötkazişga çaqirdi.

Xalqaro taşkilotlar nima dedi?

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Nasser şifoxonasiga qilingan Isroil zarbalari oqibatida falastinliklarning ölimini keskin qoralaşini bildirib, tezkor va xolis tergov ötkazişga çaqirdi.

Boş kotib, şuningdek, «darhol va doimiy öt oçişni töxtatişga, Ğazo böylab gumanitar yordamlarga tösiqsiz kirişga va barça garovdagilarni şarsiz ozod qilişga» çaqirdi.

Jurnalistlarni himoya qiluvçi «Çegara bilmas muxbirlar» guruhi xalqaro hamjamiyatdan keskin javob çoralarini talab qildi.

«Şifoxonaning uçinçi qavati jurnalistlar uçun iş joyi sifatida ma’lum edi. Xalqaro huquq bor. Uruşlarni yoritayotgan jurnalistlarga kafolatlar berilişi kerak, ammo bu yerda bularning heç biri qöllanmayapti» dedi guruh direktori Tibaut Bruttin.

Foto: Reuters

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Adxanom esa Ğazoda odamlar oçlikka mahkum etilayotganda, ularning şundoq ham çeklangan tibbiy yordam oliş imkoniyatlari takroriy hujumlar bilan yanada izdan çiqayotganini bildirdi.

Foto: Reuters

«Jurnalistlarning öldirilişi Ğazodagi oçarçilik haqida xabar berayotgan sönggi ovozlarni jim qilmoqda. Dunyoning loqaydligi va harakatsizligi şok holatidadir», dedi BMT Falastin qoçqinlari agentligi rahbari Filipp Lazarini.

Foto: Reuters

Ma’lumot uçun, 2023 yildan buyon, Isroil hujumlari oqibatida Ğazodagi genotsidni yoritayotgan kamida 244 nafar OAV xodimi halok bölgan. Umumiy uruş qurbonlari esa 62 ming kişidan oşadi.