Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi
2018 yilgi jahon chempionati Yevropa saralash bosqichi doirasida 2-turda G guruhi vakillari Italiya va Ispaniya Turinda uchrashishdi. O‘yinning 55-daqiqasida ispaniyaliklar Vitoloning goli evaziga hisobni ochishdi. O‘yin shu tariqa tugashi kutilayotgan bir vaqtda Daniel De Rossi 82-daqiqada o‘rtadagi farqni tenglashtirdi.
Ushbu guruhning boshqa bir o‘yinida esa Albaniya termasi Lixtenshteyn ustidan 2:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, Isroil esa mehmonda Makedoniyadan 2:1 natijasi bilan ustun keldi.
JCh-2018 - Yevropa. G guruhi. 2-tur
Italiya – Ispaniya – 1:1
Gollar: Vitolo, 55 (0:1); De Rossi, 82 (1:1, pen).
Lixtenshteyn – Albaniya – 0:2
Gollar: Yyele, 11 (0:1, avtogol); Balay, 71 (0:2).
Makedoniya – Isroil – 1:2
Gollar: Xemed, 25 (0:1); Ben-Xaim, 43 (0:2); Nestorovski, 63 (1:2).
manba:tribuna.uz
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:53 / 19.05.2026