Texnologiya | 11:22 / 07.10.2016
10817
4 daqiqa o‘qiladi

LG uyingizda salomatlikni muhofaza qilish va havo haroratini me'yorida ushlashni biladi

Agar xonadoningiz yoki idorangizda konditsioner o‘rnatilmagan yoxud eskisini almashtirish vaqti kelgan bo‘lsa, LG tomonidan ishlab chiqilgan Inverter MegaHit yoki Art Cool Gallery xo‘jalik sovutgichlarini xarid qilishni o‘ylab ko‘rish vaqti kelibdi. Chunki, ular nafaqat havoni sovuta oladi, balki salqin kuz kunlarida xona haroratini iliqlashtiradi. Shu bilan birga, ularni ayni mavsumda xarid qilish bahor yoki yoz oylarida sotib olishdan arzonroq tushadi.

 Shubhasizki, Inverter MegaHit va ArtCool Gallery modelidagi sovutgichlar xonangizda oddiy isitgichlarga qaraganda ancha yoqimli iliq iqlimni hosil qiladi. Bundan tashqari, Inverter MegaHit va ArtCool Gallery havo oqimini xonada bir xil taqsimlash barobarida elektr energiyasini boshqa turdosh vositalarga qaraganda bir necha marta kam iste'mol qiladi. LG sovutgichlarining kompressori, bevosita ulanish texnologiyasi sababli elektr quvvatini 60 foizgacha tejay oladi. Bu hali hammasi emas, LG kompaniyasi Inverter V kompressoriga 10 yil kafolat ham beradi.

Inverter MegaHit va ArtCool Gallery sovutgichlari xonada siz uchun qulay va zarur haroratni saqlab turish bilan birga, xonadagi havoni tozalab, ionlashtiradi. Yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi. Bularning bari, agar siz yaqinlaringiz salomatligi haqida qayg‘ursangiz, bugungi kunda shahrimiz aholisi uchun dolzarb masalalardan biri ekanini yaxshi tushunasiz.

Mazkur sovutgichlar ko‘p bosqichli tozalash tizimi bilan jihozlangan. Uning filtrlash,  hidlarni yo‘qotish va o‘zini tozalash xususiyatlariga ega bo‘lgani ham foydalanuvchi uchun ancha qulaylik yaratadi. Sovutgich mustaqil ravishda to‘planib qolgan kondensatdan qutiladi. Yangi avlod MegaHit sovutgichida PLASMASTER IONIZER PLUS havoni ionlashtiruvchi qurilma o‘rnatilgan. U xona havosini kislorodga boyintiradi va optimal mikroiqlimni yaratishga yordam beradi. Issiqalmashtirgichni avtomatik tozalash funksiyasi sovutgich ishlab bo‘lgach, uning ustki qismini quritish imkonini beradi. Mazkur funksiyasi yo‘q oddiy sovutgichlarda, ular o‘chirilgach, issiqalmashtirgichda namlik saqlanib qoladi va bu bakteriyalar hamda yoqimsiz hidlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 3M filtri o‘z navbatida, xonadagi mikroblar, allergenlar va boshqa zararli moddalarni yo‘qotadi. Havo nafaqat huzurbaxsh, balki maksimal darajada tozalangani bois, yosh bolali va allergik kishilar bor oilalar uchun ayni muddaodir.

Aksariyat xaridorlar sovutgichni tanlashda uning shovqin chiqarish darajasiga ham e'tibor qaratishadi. Bu borada ham siz LG kompaniyasi mahsulotini tanlab adashmaysiz. LG sovutgichlari halovatingizni buzmasligiga kafolat beramiz. Sovutgichlar kompressori aylanishning davriy tezlik o‘zgaruvchanligi bilan shovqinni 19 Dbgacha pasaytiradi. LG sovutgichlarining deyarli ovozsiz ishlashi, ularni mehmonxona va hatto yotoqxonaga ham o‘rnatishga imkon beradi.

Inverter MegaHit va ArtCool Gallery sovutgichlarining asosiy texnik xususiyatlari o‘xshash bo‘lsa-da, tashqi ko‘rinishi va dizayni borasida bunday deb bo‘lmaydi. Agar klassik shakldagi  LG Inverter MegaHit ko‘pchilikning didiga mos kelib, har qanday xonaga o‘rnatish mumkin bo‘lsa, yangi va dizaynida inqilob yasagan ArtCool Gallery Inverter siz uchun haqiqiy kashfiyot bo‘ladi. Bu modelning o‘ziga xos original yechimi shundan iboratki, uning old panelidagi tasvirlarni o‘zgartirish imkoniyatidir. Uni siz xohishingizga ko‘ra o‘zgartira olasiz. Bunda, portretingiz, oilaviy fotosurat yoki shunchaki sevimli kartinani joylashtirsangiz bo‘ladi. ArtCool Gallery Inverter – bilan siz faqat sovutgich xarid qilmaysiz. U haqiqiy san'at asaridir.

Reklama huquqi asosida

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid