Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Litva Respublikasi Seymi deputatlari saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etmoqda
Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K.Adilov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2016 yil 9 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Litva Respublikasi Seymi deputatlari saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.
O‘zbekiston vakillari 2015 yilda Litvaning mahalliy saylovlarida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishgandi. O‘z navbatida, Litva Respublikasi parlamenti va Markaziy saylov komissiyasining a'zolari 2014 va 2015 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament va prezident saylovlarini kuzatishda qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Islom hamkorlik tashkiloti, Umumjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi xalqaro tashkilotlarga hamda xorijiy davlatlarning ko‘plab vakillariga joriy yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etishga taklifnomalar yubordi.
Mavzuga oid
23:09 / 02.07.2026
Litva yadro qurolini joylashtirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqchi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026