Filippin mudofaa sohasida AQSh bilan hamkorlik qilishdan qisman bosh tortdi
Filippin mudofaa vaziri Delfin Lorenzana Filippin AQSh bilan birgalikda Janubi-Xitoy dengizini nazorat qilish va u yerda harbiy mashg‘lotlar o‘tkazish bo‘yicha rejalarini qoldirishga qaror qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Assoshieyted Press axborot agentligi ta'kidlashicha, bu qaror Filippin prezidenti tomonidan AQShga nisbatan aytilgan keskin nutqlardan keyin ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikka putur yetganining yaqqol dalilidir.
"Bu yil oxirgisi bo‘ladi", deb aytdi AQSh bilan har yili birgalikda o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlar haqida Filippin prezidenti Rodrigo Duterte.
"Men bu yerda ekanman, bizga oyoq artish yaramaydi, yo‘qsa keyin bundan afsuslanib qolasiz. Men har doim Xitoyga murojaat qilishim mumkin", deb aytgan Duterte AQShga nisbatan.
Lorenzananing aytishicha, Duterte unga Pekin va Xitoyga tashrif buyurib, ular qanday mudofaa qurollarini taklif qila olishlari haqida ma'lumot yig‘ib kelishga ko‘rsatma bergan.
AQSh davlat departamenti vakili Jon Kirbi AQSh Filippin tomondan bu haqda hech qanday ogohlantirish olmaganini va o‘zaro manfaatli sohalarda Manila bilan ishlashda davom etilishini ma'lum qilgan.
May oyida Filippin prezidenti etib saylangan Duterte jahon yetakchilari nomiga fikr bildirishda "andisha qilib o‘tirmasligi" bilan ma'lum. U o‘z nutqlarida AQSh prezidenti Barak Obamani "yaramas" deb atagan, Yevropa Ittifoqini "jahannamga jo‘natgan", BMT bosh kotibi Pan Gi Munni "ahmoq" degan. Filippin prezidentining bu qo‘polligi uning Filippinda giyohvandfurushlikka qarshi ko‘rayotgan keskin choralarining jahon hamjamiyati tomonidan tanqid qilinishi bilan bog‘liq. Mamlakat politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Duterte hokimiyat tepasiga kelgandan keyin Filippinda giyohvandfurushlikka aloqasi bo‘lgan 2,4 mingga yaqin kishi qatl etilgan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024