Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyadagi saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
Gruziyaning "Gruziya orzusi" partiyasi parlament saylovlarida partiya ro‘yxatlari bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bundan TNS Opinion tadqiqot kompaniyasining eksit-pol natijalari darak bermoqda.
Partiya saylov uchastkalaridan chiqayotgan saylovchilarning 53,8 foiz ovozini olgan. Parlamentga shuningdek Mixail Saakashvilining "Yagona milliy harakat" partiyasi (19,5 foiz) va "Vatanparvarlar alyansi" (5 foiz) o‘tmoqda.
Qolgan partiyalar va bloklar 5 foizlik to‘siqdan o‘ta olmagan.
8 oktabrda Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Deputatlar 4 yillik muddatga saylanmoqdalar, parlamentda hammasi bo‘lib 150 o‘rin bor.
Saylovlar aralash saylov tizimi bo‘yicha o‘tdi: 77 deputat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha, 73 deputat bir mandatli okruglar bo‘yicha saylandi. Parlamentga o‘tish uchun saylovda ishtirok etgan 19 ta partiya va 6 ta saylov bloki kamida 5 foiz ovoz to‘plashi lozim. Majoritar nomzodlar o‘z okrugida 50 foiz plyus yana bir ovoz olishlari kerak.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
22:49 / 18.11.2024