Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minskda benzinda ishlovchi arra va bolta bilan qurollangan erkaklar savdo markazida odamlarga hujum qildi
Belarus poytaxti Minskda benzinda ishlovchi arra va bolta bilan qurollangan noma'lum shaxslar "Yevropa" savdo markaziga tashrif buyurganlarga hujum qildi. Bu haqda guvohlarga iqtibos keltirgan holda tut.by nashri xabar berdi.
Ayni vaqtda voqea joyida huquq-tartibot muassasalari xodimlari ish olib bormoqda. Ta'kidlanishicha hujum qilganlardan biri ushlangan.
"Bu kimsa bolta va benzinda ishlovchi arra bilan yugurib kirib, odamlarga hujum qila boshlagan. Bir qiz xollda yaralangan holda yotibdi", deb yozgan Eliz__Davis ismli foydalanuvchi tvitterda.
Sputnik nashrining yozishicha, militsiya ikki gumonlanuvchini qo‘lga olgan.
"Ikki gumonlanuvchi qo‘lga olingan, gap qotillik haqida ketmoqda", deb ma'lum qilingan Minsk militsiyasi matbuot xizmatida.
Mavzuga oid
09:55 / 03.07.2026
Minsk Rossiyaga safarlar bo‘yicha ogohlantirish berdi
10:00 / 30.06.2026
Germaniyadagi qonli hujumda olti kishi halok bo‘ldi
10:54 / 18.05.2026
Yaponlarning AQSh harbiy bazasiga hujumi. U qanday sodir bo‘lgandi?
18:49 / 19.02.2026