Yaponlarning AQŞ harbiy bazasiga hujumi. U qanday sodir bölgandi?
|15:54 / 18.05.20265 68712 min
Bir neça kun oldin Donald Tramp iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida yaponiyalik jurnalist undan AQŞ nega Eronga ehtimoliy hujum haqida ittifoqçilarini xabardor qilmaganini söradi. Şunda Tramp mazax ohangida: “sizlar nega Perl Harborga hujum qilişingiz haqida menga oldindan xabar bermagansizlar?” deya javob qaytardi.
Joriy yilda Yaponiya armiyasining AQŞning Havayi orollarida joylaşgan Perl Harbor harbiy bazasiga hujum qilganiga 85 yil töladi.
Öşangaça Germaniyaning Yevropadagi, Yaponiyaning Tinç okeani havzasidagi bosqinçiliklarini kuzatib turgan AQŞ öz harbiy bazasiga qilingan hujumdan söng Ikkinçi jahon uruşiga qöşilgandi.
Xöş, Havayi orollari AQŞ tarkibiga qaçon qöşilgan va yaponlarning Perl Harbor harbiy bazasiga hujumi qanday sodir bölgandi? Hozir şu haqda gaplaşamiz.
AQŞ Havayi orollarini qaçon egallagandi?
Havayi orollarini ilk bor 1778 yilda britaniyalik dengiz sayyohi Jyeyms Kuk kaşf etadi. Şundan söng Britaniya Havayi orollarini öz mulki deb e’lon qiladi.
Britaniya bilan raqobatlaşib turgan AQŞ va Fransiya Havayi orollarini egallaş uçun bir neça marta urinib köradi. Biroq buning iloji bölmaydi.
Öşa paytlarda Havayi orollariga Yaponiya ham da’vogarlik qilardi. Biroq unga AQŞ hududi yaqinroq bölgani uçun Yaponiyaning Havayini öz ta’sir doirasiga olişi imkonsiz edi.
Ma’lumot uçun, Havayi orollari Yaponiyadan 6 200 km, AQŞdan 3 700 km uzoqlikda joylaşgan.
1843 yilga kelib Havayi qirolligi taşkil topadi va AQŞ, Britaniya hamda Fransiya uning mustaqilligini tan oladi. Biroq 1893 yilda amerikaliklar Havayi qirolini taxtdan ağdaradi. U yerda Havayi respublikasi taşkil etiladi.
1898 yilda AQŞ Havayi orollarini egallab oladi. Mamlakat Kongressi Havayini Qöşma Ştatlarga qöşib oliş haqidagi qarorni qabul qiladi. Biroq AQŞ unga ştat maqomini bermaydi.
Havayi orollari AQŞ tarkibiga kirgaç, bu yerda infratuzilma rivojlanadi. Turli orollarda şaharlar, portlar, kemalarni ta’mirlaş ustaxonalari – doklar quriladi.
Mavzuga oid
Keyinçalik fuqaro aviatsiyasi va samolyotsozlik rivojlangaç, Havayi orollarida aerodromlar quriladi. AQŞ aviakompaniyalari materikdan u yerga muntazam parvozlarni yölga qöyadi.
Şu bilan birga AQŞ Havayi orollarida yirik harbiy baza quradi. Ikkinçi jahon uruşi boşlanişi arafasida Perl Harbor deb nomlangan bu bazada köplab harbiy xizmatçilar, jangovar samolyotlar va harbiy kemalar bor edi.
Ikkinçi jahon uruşi boşlangunça va undan keyin Yaponiya Tinç okeani havzasida joylaşgan köplab davlatlarni bosib oladi. AQŞ yaponlarning bosqinçiligiga qarşi iqtisodiy sanksiyalar qöllaydi, biroq Yaponiyaga uruş e’lon qilmaydi.
Şu bilan birga AQŞ Perl Harbordagi bazada harbiy xizmatçilar, harbiy samolyotlar va kemalar sonini oşiradi.
Hujumgaça bölgan vaziyat
Ikkinçi jahon uruşi 1939 yil 1 sentabr kuni boşlanadi. Öşa kuni Hitler Germaniyasi Polşaga hujum qiladi. Oradan 17 kun ötgaç uruşga SSSR ham qöşiladi va sovet armiyasi Polşaga şarqdan bostirib kiradi.
Germaniya Polşaga bostirib kirgan zahoti Fransiya va Britaniya nemislarga qarşi uruş e’lon qiladi. Bungaça Germaniya 1938 yilda Çexoslovakiyani parçalab, u yerda bir neçta vassal davlat taşkil etgandi. Şuningdek, 1939 yil martda Avstriyani öziga qöşib olgandi.
Şu tariqa, 1941 yil yozgaça Hitler Yevropaning asosiy qismini egallaydi. U bilan döstona munosabatda bölgan SSSR ham qarab turmaydi va Şarqiy Yevropa davlatlarining bir qism hududlarini qöşib oladi
Hitler Yevropani egallar ekan, Uzoq Şarqda uning ittifoqçisi bölgan Yaponiya Tinç okeani havzasidagi ayrim davlatlarni bosib oladi. Ana şu davrda AQŞ uruşga töğridan töğri kirişmaydi va Lend liz doirasida Yevropa davlatlariga harbiy yordam körsatiş bilan çeklanadi.
Şuningdek, 1941 yil avgustda AQŞ Yaponiya Tinç okeani havzasida kuçayib ketmasligi uçun bu davlatga iqtisodiy va harbiy embargo e’lon qiladi.
Şundan söng yaponlar AQŞning Tinç okeanidagi asosiy harbiy bazasi bölgan Perl Harborga hujum qilişga qaror qiladi.
Oxir-oqibat 1941 yil dekabrda bu iş sodir böladi va AQŞ Yaponiyaga qarşi uruş e’lon qilib, Ikkinçi jahon uruşiga qöşiladi.
Yaponiyaning Perl Harbor bazasiga hujumi
1941 yil 7 dekabr kuni tongda AQŞning Tinç okeanidagi Havayi orollari tarkibiga kiruvçi Oaxu orolida joylaşgan Perl Harbor harbiy bazasiga Yaponiya harbiy aviatsiya yordamida hujum qiladi.
Bu hujumdan maqsad AQŞning Tinç okeani floti va aviatsiyasini zaiflaştiriş, amerikaliklarning Osiyo qit’asidagi davlatlarga ta’sirini kamaytiriş bölgan.
Bu hujumda Yaponiyaning jami 353 ta samolyoti qatnaşadi. Ular AQŞ harbiy bazasini va Havayi orollaridagi boşqa obektlarni bir soat farqi bilan ikki marta bombardimon qiladi.
Birinçi hujumda yaponlarning 183 ta harbiy samolyoti iştirok etadi va ular tonggi soat 7:55 da Perl Harbordagi harbiy bazaga bomba yoğdira boşlaydi.
Hujum kutilmaganda röy bergani uçun amerikaliklarning bor-yöği oltita samolyoti havoga kötarilişga ulguradi. Qolgan samolyotlar bazadagi harbiy kemalar bilan birga yaponlar tomonidan safdan çiqariladi.
Öşa kuni soat 8:50 da hujumning ikkinçi tölqini boşlanadi va bu safar Yaponiyaning 170 ta harbiy samolyoti Perl Harbor bazasi va Havayidagi boşqa obektlar böylab bomba taşlaydi.
Yaponlarning hujumi oqibatida AQŞning 2400 dan ortiq harbiy xizmatçisi va 70 ga yaqin fuqarosi halok böladi. Qariyb 1200 kişi (ularning asosiy qismi dengizçilar bölgan) yaralanadi.
Şuningdek, AQŞning Tinç okeani flotida xizmat qilib turgan 18 ta asosiy kemasi, qariyb 200 ta harbiy samolyoti butunlay safdan çiqariladi.
Yana 159 ta samolyot şikastlanib, ta’mirtalab holga keladi. Ma’lumot uçun, öşa paytda AQŞ armiyasida jami 18 mingga yaqin harbiy samolyot bölgan.
Amerikaliklar ham qarab turmaydi va yaponlarning 29 ta samolyotini urib tuşiradi. Biroq bu AQŞliklarning yöqotişlari oldida heç narsa emasdi.
Öşa kuni yaponlar Perl Harbordan taşqari AQŞning Havayi orollarida joylaşgan Bellouz-Fild va Xika-Fild aviabazalari hamda bir neçta aerodromlarni ham bombardimon qiladi.
Bundan taşqari, Havayi orollarining turli qismlarida joylaşgan bir qança doklar vayron qilinadi. Öşanda yaponlar Havayi orollariga yana hujum qilişni rejalaştirgandi.
Biroq hujumga boşçilik qilgan qömondon Havayidagi barça kemalar hamda samolyotlar yöq qilingan va takroriy hujumga hojat yöq deb hisobot beradi. Biroq vaziyat unday emasdi. Amerikaliklar şikastlangan samolyot va kemalarni keyinroq ta’mirlab oladi.
Keyinçalik tahlilçilar yapon qömondonining hisoboti xato bölganini, Havayiga yana hujum uyuştirilganda amerikaliklar yanada jiddiy talafot körişini va tiklaniş uçun uzoq muddatga çözilişini aytadi.
Hujum oqibatlari va AQŞning Ikkinçi jahon uruşiga qöşilişi
Yaponlarning uruş e’lon qilmasdan turib Perl Harbor bazasi va boşqa obektlarni bombardimon qilişi AQŞda xiyonatkor hujum sifatida baholanadi.
Havayi orollariga hujum amalga oşirilgan 7 dekabr kuni tunda prezident Franklin Ruzvelt iştirokidagi yiğinda Yaponiyaga qarşi uruş e’lon qilişga qaror qilinadi. 8 dekabr kuni ertalab Kongress Yaponiyaga uruş oçişni tasdiqlaydi.
Şundan söng Ruzvelt Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill bilan telefon orqali muloqot qiladi. Şu tariqa, hujumning ertasiga – 1941 yil 8 dekabr kuni AQŞ Yaponiyaga uruş e’lon qiladi va Ikkinçi jahon uruşiga qöşiladi.
Öşa kuni Britaniya ham AQŞ bilan bir vaqtda Yaponiyaga uruş e’lon qiladi. Bu davlat Ikkinçi jahon uruşiga 1939 yil 1 sentabr kuni Germaniyaga uruş e’lon qilib qöşilgandi.
AQŞ Yaponiyaga uruş e’lon qilgan bölsa-da, Perl Harborga hujum tufayli bir muddat heç narsa qila olmaydi. Çunki Yaponiyaning Havayiga hujumi tufayli AQŞ Tinç okeani flotidagi asosiy kemalar va samolyotlardan ayrilgandi.
Şu sababli yaponlar Havayiga hujumdan söng Tinç okeani havzasida joylaşgan hududlarni bosib olişda davom etadi. Jumladan, 1942 yilda Britaniyaga tegişli bölgan Myanma va Malayziyani, Gollandiyaning mulki bölgan Indoneziya hamda Yangi Gvineyani, Filippinni bosib oladi.
1942 yilning ikkinçi yarmiga kelib AQŞ Tinç okeani havzasidagi qöşinlarini kuçaytirişga erişadi va turli hududlarda yapon armiyasiga qarşi janglar avj oladi.
1943-1944 yillarda AQŞ armiyasi öz hujumlarini kuçaytirib boradi va yapon harbiylarini yenga boşlaydi. 1945 yil yozga kelib Yaponiya armiyasi Tinç okeani havzasidagi özi bosib olgan hududlarning aksariyat qismini taşlab çiqadi.
AQŞ Perl Harbor uçun Yaponiyadan öç olganmi?
1945 yil may oyida faşistlar Germaniyasi yengiladi. Şundan söng SSSR, Britaniya va Fransiya öz qöşinlarini Yaponiyaga qarşi jangga taşlaydi.
Bu paytga kelib Tinç okeani havzasidagi köplab hududlarni boy bergan yaponlar vatanini himoya qilişga majbur bölayotgandi.
1945 yil 6 avgust kuni AQŞning ekipaj komandiri Pol Tibbets bölgan bombardimonçi samolyoti Yaponiyaning Hirosima şahriga Little Boy deb atalgan atom bombasini taşlaydi. Uning kuçi 13–18 kilotonna trotil ekvivalentiga teng edi.
Bomba yerga yetmasdan 500 metr balandlikda portlaydi. Havoda hosil bölgan kuçli olov va issiq şamol yerga qarab yönaladi. Oqibatda butun Xirosima öt içida qoladi.
Portlaş episentridan 2 km radiusda bölgan odamlarning aksariyati öşa zahoti kuyib ketadi. Qolgan odamlar oradan biroz ötib yonğinlar va radiatsiya tölqini tufayli halok böladi. Şahar vayronaga aylanadi.
Öşa paytda Xirosimada 340 ming kişi yaşagan va fojia oqibatida ularning 166 ming nafari halok bölgan.
Xirosima fojiasidan uç kun ötib, 9 avgust kuni uçuvçi Çarlz Suini boşliq bölgan bombardimonçi samolyoti Fat Man (“Baqaloq”) atom bombasini Nagasaki şahriga taşlaydi. Uning kuçi 21 kilotonna trotil ekvivalentiga teng bölgan.
Nagasakiga taşlangan bomba ham yerdan 500 metr tepada portlaydi. Şunda tselsiy şkalasi böyiça ming darajadan oşadigan issiq tölqin şahar böylab yopiriladi.
Portlaş episentridan 2 km radiusda tirik jon qolmaydi, hammasi kuyib ketadi. Boşqalar şaharni qoplagan kuçli yonğin va radiatsiya tufayli halok böladi.
AQŞ harbiylari tomonidan ikkita şaharning batamom vayron etilgani xabarini olgan Yaponiya boş vaziri Kantaro Suzuki ittifoqçilarga sözsiz taslim bölişga rozi ekani haqida xabar yuboradi.
1945 yil 15 avgust kuni Yaponiya taslim bölgani e’lon qilinadi va şu bilan Ikkinçi jahon uruşi tugaydi. Yaponiyaning taslim bölgani haqidagi hujjatlar biroz keyin, 1945 yil 2 sentabrda imzolanadi.
Bugun AQŞning Xirosima va Nagasakiga atom bombalari taşlaşi Perl Harbor uçun qasos oliş maqsadida taşlangan deydiganlar ham, bu fikrga qöşilmaydiganlar ham bor.
Aksariyat tahlilçilar Perl Harbor hujumidan söng AQŞ harbiylarida, qömondonlarida yaponlarga nisbatan kuçli nafrat şakllanganini, Xirosima va Nagasakiga atom bombasi taşlaş öşa nafrat oqibatida bölganini aytişadi. Demak amerikaliklar Perl Harbor uçun yaponlardan öç olgan deyişga asos bor.
Xulosa örnida, AQŞ harbiylari Yaponiyaning ikkita şahrini nima maqsadda kultepaga aylantirgan bölsa ham – bu insoniyatga qarşi jinoyat edi. Zero tinç aholi boşi uzra atom bombasi portlatilişini boşqaça atab bölmaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi