Ramzon Qodirov Fyodor Yemelyanenkoning obro‘sini to‘kuvchi yozuvlarni to‘xtatishga chaqirdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov MMA ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoning obro‘sini to‘kuvchi yozuvlarni o‘chirib tashlashga chaqirdi. Bu haqda "Russian today" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Fyodor Yemelyanenko Grozniydagi MMA bo‘yicha musobaqada bolalar ishtirokida janglar o‘tkazilganini tanqid qilgandi. Shu sababli ba'zilar tomondan Yemelyanenkoga qarshi "bosh ko‘tarilgan".
"Qadrdon do‘stlar! Men sizlarga Fyodor Yemelyanenkoning obro‘si va sha'niga putur yetkazuvchi istalgan yozuvlarni chop etmaslik iltimosi va tavsiyasi bilan murojaat qilmoqdaman. Men, birinchi navbatda, bizning tarafdorlar va do‘stlarimiz ekanini aytib, buni ehtirosda qilganlarga murojaat qilmoqdaman. Agar siz haqiqatan bizning do‘stimiz bo‘lsangiz, men esa bunga shubha qilmayman, bunday narsalarni yozmang. Yozilganlarni esa o‘chirib tashlang. Ehtiroslarni avj oldirish, odamning sha'niga tegadigan gap qilish yaramaydi", deb yozdi Qodirov o‘z instagramida.
Qodirovning aytishicha, Yemelyanenko musobaqaning uyushtirilishi borasida xulosa chiqarishda shoshqaloqlik qilgan.
"Men aminmanki, Fyodor Vladimirovich o‘z xatosini angladi. Bundan uning sahifasidan bolaning surati o‘chirib tashlangani darak beradi. Biz bir-birimizga sabr-toqatliroq bo‘lishimiz, jamoatchilik ahamiyatiga molik masalalarni muhokama qilishda shaxsiyatlarga o‘tmasligimiz lozim. Bizni shundoq ham nodo‘stona dunyo o‘rab turibdi. Sanktsiyalar, mafkuraviy xuruj, chegaralar oldida qurol ovozlari jaranglashi orqali bizni bir-birimizga dushman qilish, qatorimizda adovatni oralatish maqsad qilingan. Biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz", deb qo‘shimcha qilgan Qodirov.
Mavzuga oid
22:15 / 28.08.2024
Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi
20:36 / 17.08.2024
Ramzan Qodirov pulemyot o‘rnatilgan Tesla Cybertruck'da ko‘rinish berdi
21:30 / 04.08.2024
Ramzan Qodirov Mudofaa vazirligidan Chechenistonda polk va batalonlar tuzish vakolatini berishni so‘radi
00:00 / 31.07.2024