Buyrak yetişmovçiligi tufayli Çeçeniston rahbarining salomatligi yomonlaşgan va Kremlda uning örniga ehtimoliy nomzodlar körib çiqilmoqda. Bu haqda «Ukrinform» Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasidagi manbaga tayanib xabar bergan.

Qayd etilişiça, buyrak yetişmovçiligi sababli Ramzon Qodirovda dializ muolajasi ötkazilmoqda, şifokorlar esa heç qanday prognoz bermayapti.

Ukraina harbiy razvedkasidagi manbalarga köra, Qodirov hozirda Çeçenistondagi kasalxonaga yotqizilgan, uni köriş uçun xorijdagi yaqinlari ham yetib kelgan.

Mavjud vaziyat tufayli Çeçenistonning yangi rahbari lavozimiga nomzod izlaş jarayoni faollaşgan.

«Kreml uçun eng ehtimoliy va eng qulay nomzodlar orasida Magomed Daudov, Apti Alauddinov va Ramzanning tönğiç öğli – Ahmad Qodirov bor», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Ramzan Qodirov 20 yaşar öğli Ahmad Qodirovni Çeçeniston hukumati raisining örinbosari vazifasini bajaruvçi etib tayinlagandi. U respublika sport vaziri lavozimini ham saqlab qolgan.