20:39 / 08.10.2016
24350

Rossiyalik mashhur kinoaktyor Leonid Kuravlyov - 80 yoshda

Rossiyalik mashhur kinoaktyor Leonid Kuravlyov bugun o‘zining sakson yoshini nishonlamoqda. U 1936 yil 8 oktabrda Moskvada ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1955 yilda Butunrossiya Kinematografiya instituti talabaligiga qabul qilingan. Talabalik chog‘idayoq kinofilmlarda suratga tushishni boshlagan Leonid keyinchalik mashhur sovet komediyanavislari Vasiliy Shukshin, Leonid Gayday filmlaridagi rollari bilan e'tibor qozongan. 

Kuravlyovning Pashka Kolokolnikov, Xoma Brut, Volodka Zavitushkin, Jorj Miloslavskiy, Afonya Borshchov kabi qahramonlari ko‘pchilik kinomuxlislarning yodida muhrlanib qolgan. Aytish mumkinki, u bugungi kun Rossiya kinosida ham talab kuchli bo‘lgan aktyorlardan biridir. Unga kino va televizion seriallarda turli rollarni ishonib topshirishadi. 

.


Suratlar:RIA Novosti

Mavzuga oid
Top