Kinematografiyani rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş böyiça milliy komissiya hamda Filmlarning ğoyaviy-badiiy darajasini oşirişga kömaklaşiş böyiça milliy kengaş taşkil etilgan. Xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rağbatlantiriş tizimi joriy etilmoqda.

Hujjat bilan Kinematografiyani rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş böyiça milliy komissiya hamda Filmlarning ğoyaviy-badiiy darajasini oşirişga kömaklaşiş böyiça milliy kengaş töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi. Ular quyidagilarni belgilaydi:

  • komissiya va kengaşning maqsadi va vazifalari;
  • ularning huquq va majburiyatlari;
  • faoliyatini taşkil etiş tartibi.

Milliy komissiya oldiga quyidagi asosiy vazifalar qöyilgan:

  • "Tirik tarix" dasturi doirasida va davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarni işlab çiqariş uçun moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş va qöşimça mablağlar jalb qiliş;
  • kinoindustriyani iqtisodiyotning alohida tarmoği sifatida rivojlantiriş, imtiyoz va preferensiyalar berilgan maxsus kino hududlarini taşkil etiş;
  • milliy filmlarni xorijiy kino bozorlari va kinofestivallarda keng tarğib qiliş va boşqalar.

Milliy kengaşning asosiy vazifalari:

  • "Tirik tarix" dasturi doirasida yaratiladigan filmlarning adabiy va rejissyorlik ssenariylari ğoyaviy-badiiy mazmunining yuqori darajasini ta’minlaş;
  • kino mahsulotlarini işlab çiqarişni muvofiqlaştiriş, ustuvor mavzu va janrlar böyiça kvotalarni belgilaş;
  • Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida "Tirik tarix" dasturi böyiça tarixiy faktlarni aniqlaş uçun ekspertlar ilmiy guruhini şakllantiriş.

Xalqaro kinofestivallar va kinotaqdimotlarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan. Xalqaro kinoprodyuserlar federatsiyasi akkreditatsiya qilgan kinofestivallarning nominatsiya ğoliblari yoki Gran-pri sohiblariga 150 BHMning 150 baravarigaça miqdorda mukofot beriş rejalaştirilmoqda.