19:45 / 12.01.2023
6885

2023 yilgi «Oltin globus» g‘oliblari e’lon qilindi

​​​​​​​Stiven Spilbergning «Fabelmanlar» filmi eng yaxshi deb topildi.

Foto: Reuters

Hollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi kinematografiya sohasidagi nufuzli mukofotlardan biri - «Oltin globus»ni topshirish marosimini o‘tkazdi.

Eng yaxshi dramatik film nominatsiyasida Stiven Spilbergning «Fabelmanlar» filmi g‘olib deb topildi. U «Top Gan: Meverik», «Elvis», «Tar», «Avatar: Suv yo‘li» filmlaridan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Eng yaxshi kinofilm (komediya yoki musiqiy film) nominatsiyasida «Inisherina Banshisi» filmi birinchi bo‘ldi. U «Bobil», «Hamma joyda va bir vaqtning o‘zida», «Pichoqlarni oling: shisha piyoz», «G‘am uchburchagi» filmlarini ortda qoldirdi.

Shuningdek, quyidagi asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi:

  • Eng yaxshi rejissyor - Stiven Spilberg («Fabelmanlar»);
  • Chet tilidagi eng yaxshi film - «Argentina 1985»
  • Eng yaxshi ssenariy - «Inisherina Banshisi» (Martin Makdona);
  • Eng yaxshi aktyor (drama) – Ostin Batler («Elvis»);
  • Eng yaxshi aktrisa (drama) – Keyt Blanshett («Tar»);
  • Eng yaxshi aktyor (musiqiy yoki komediya) - Kolin Farrel («Inisherina Banshisi»);
  • Eng yaxshi aktrisa (musiqiy yoki komediya) – Mishel Yyeo («Hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»);
  • Eng yaxshi animatsion film - «Pinokkio» (Gilyyermo del Toro);
  • Eng yaxshi dramatik serial - «Ajdaho uyi» (HBO);
  • Eng yaxshi teleserial (musiqiy yoki komediya): «Abbott boshlang‘ich maktabi».

«Inisherina Banshisi» eng ko‘p – 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘alaba qozondi. 

Mavzuga oid
Top