Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda VII asrdan buyon amal qilib kelingan tuz bahosiga doir qonun bekor qilindi
Foto: vistanews.ru
XXR hukumati taxminan VII asrdan buyon amalda bo‘lgan tuz narxini davlat tomonidan nazorat qilishdan voz kechish haqida qaror qabul qildi. XXRning Rivojlanish va islohot davlat qo‘mitasining xabariga asoslanib, RIA "Novosti" shu haqda ma'lum qildi.
Bundan avval aprel oyida XXR Davlat Kengashi "Mamlakat tuz sanoatining tarkibiy islohotlari loyihasi"ni nashr qilgandi, unda sohada mavjud monopoliya tizimini takomillashtirish, tuz ishlab chiqaruvchi korxonalarning bozorga mustaqil kirib borishiga imkon yaratish, ulgurji savdo mezonlarini belgilash zarurati haqida so‘z yuritilgan.
"XXR Davlat kengashi tomonidan nashr qilingan loyihani amalga oshirish uchun bugun Xitoyning rivojlanish va islohotlar bo‘yicha davlat komissiyasi 2017 yilning 1 yanvaridan tuzning zavoddan chiquvchi bahosi, ulgurji va chakana narxlari belgilanishini erkinlashtirishga doir qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar berdi", - deyiladi qo‘mita bergan ma'lumotda.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Xitoyda tuz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 300 tacha korxona hamda 4 mingdan ortiq tuz distribyutorlari mavjud.
Mavzuga oid
11:54 / 16.02.2026
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yangilanadi: operatorlar reyestri yuritiladi
14:35 / 12.02.2026
Ishsizlik nafaqasi: to‘lash shartlari va miqdori
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
17:19 / 05.02.2026