Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 7 egasining qo‘lida yonib ketdi
iPhone 7 uning egasi video olayotgan chog‘i yonib ketdi, deb xabar qiladi Gizmochina.com.
Smartfonning yonib ketishi oqibatida oynaning bo‘laklari foydalanuvchining yuzi va barmoqlarini jarohatladi.
Voqea haqida batafsil ma'lumot hozircha yo‘q. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u mahalliy Apple qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilgan, biroq u yerda bu kabi muammo to‘laqonli bartaraf etilmasligi sabab kompaniyaning bosh ofisiga murojaat qilishni maslahat berishgan. Ma'lum bo‘lishicha, hodisa ayni damda tekshirilmoqda.
Shu kunga qadar, joriy mavsumning eng yonuvchi smartfoni Samsung Galaxy Note 7 edi, biroq so‘nggi bir necha kun ichida yangi iPhone 7 yonib ketishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026