Xitoyning Bigme kompaniyasi ikki ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini e’lon qildi. Kiçik dumaloq displeyli avvalgi modeldan farqli ölaroq, bu smartfonda ikkita tölaqonli ekran bölib, ular korpusning har ikki tomoniga joylaştirilgan.

Bir tomoniga 6,13 dyuymli E-Ink displeyi örnatilgan. Uning oq-qora versiyasi 1648 × 824 piksel aniqligiga ega. Rangli varianti esa unçalik tiniq bölmasa-da, minglab tuslarni aks ettiradi. Yangilaniş çastotasi qöllab-quvvatlanadigan rejimlarda 80 Gs gaça yetadi.

Smartfonning ikkinçi tomonida 1280 × 720 piksel aniqligidagi 5 dyuymli SK-displeyni körasiz. U video tomoşa qiliş, ijtimoiy tarmoqlar va öyinlar uçun möljallangan. Bu tomonda, şuningdek, 50 megapikselli kamera va yuz orqali qulfdan çiqariş funksiyasi ham bor.

Smartfon içiga 12 yoki 16 GB tezkor va 256 yoki 512 GB içki xotiraga ega MediaTek Dimensity 8300 protsessori örnatilgan. Qurilma Android 16 tizimida işlaydi, biroq Bigme unga özining dasturiy takomillaştirişlarini qöşgan.

Avtonom işlaşi uçun 4450 mA·soat siğimli batareya mas’ul. SK-ekrandan faol foydalanilganda uning quvvati taxminan bir kunga yetadi. E-Ink esa deyarli quvvat sarflamaydi, şu sababli undan kitob öqiganda gadjet bir neça barobar uzoqroq işlaydi. Şuningdek, 30 Vt quvvatli tezkor zaryadlaş funksiyasi ham mavjud.

Aloqa uçun 5G, Bluetooth 5.3 va Wi–Fi modullari mas’ul. Bundan taşqari, stereodinamiklar, quvvat tugmasiga örnatilgan barmoq izi skaneri va stilusni qöllab-quvvatlaşini ham ta’kidlaş joiz.

Kickstarter platformasida asosiy oq-qora versiya 600 dollar turadi. Rangli model yoki 16 GB xotirali variant esa 800 dollarga tuşadi. Töplamga ğilof kiradi, biroq stilusni alohida sotib oliş kerak. Yetkazib beriş kuzga rejalaştirilgan.