Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasi portlashi sababini bilishga yaqin turibdi
SpaceX kompaniyasi prezidenti Gven Shotvell kompaniya 1 sentabrda Falcon 9 raketasining portlashi sababini bilishga yaqinlashganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Spacenews portali.
9 oktabrda Milliy muhandislik akademiyasining har yilgi uchrashuvida Shotvell voqea raketaning konstruksiyasidagi xatoliklar tufayli yuz bermagani taxminini bildirdi. "Mening fikrimcha, e'tiborni raketa yoki uni loyihalashdagi muammolarga emas, biznes-jarayonlar bilan bog‘liq muammolarga qaratish kerak", deb aytdi Shotvell.
Shotvell qanday muammolar portlash sababi sifatida qaralayotgani haqida tafsilotlarga berilmadi.
Avvalroq kompaniya raketa kislorod balloni ishidagi nosozlik tufayli yuz berganini, keyinroq esa bunda raqobatchilar "qo‘li borligini" ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026