Ilon Maskning raketa va sun’iy yöldoş işlab çiqaruvçi SpaceX kompaniyasi dunyodagi eng yirik fond bozori debyutiga aylaniş uçun özining birlamçi ommaviy joylaştiriş narxini rasman yakunladi.

Payşanba kuni SpaceX kompaniyasi IPO narxi bir aksiya uçun 135 dollar etib belgilanganini va 555 million 555 ming 555 dona aksiyalarini sotişini tasdiqladi. Bu SpaceX öz taklifidan qariyb 75 milliard dollar jalb qilişini anglatadi. New York Times'ning yozişiça, buning ortidan kompaniyaning bozor qiymati 1,77 trillion dollarga yetadi.

SpaceX ommaviy savdolarni SPCX belgisi ostida – 12 iyundan (Nyu-York vaqti bilan) boşlaydi.

Uşbu körsatkiçlar bilan SpaceX avvalroq Saudi Aramco tomonidan örnatilgan IPO rekordini butunlay yangilaydi. Saudlarning davlat neft kompaniyasi 2019 yilda birjaga çiqqanida 1,7 trillion dollarga baholangan va 29 milliard dollardan ortiq mablağ jalb qilgan edi.

Aksiyalar sotilişidan oldin Forbes Maskning sof boyligini qariyb 780 milliard dollarga baholagandi. Bu röyxatda undan keyingi örinda turgan Alphabet hammuassisi Larri Peyjdan ança oldinda demakdir.

«Dunyodagi ikkinçi eng boy odamning boyligi 300 milliard dollar atrofida aylanmoqda. Ya’ni bu Maskning ertaga ega bölişi mumkin bölgan potensial boyligining uçdan bir qismidan ham kamroq demakdir», dedi Forbes Wealth tahririyati rahbari örinbosari Mett Durot. «Va faqat yana bir kişi, Larri Ellisonning (Oracle asosçisi) boyligi qaçonlardir 400 milliard dollarga yetgan».

Dollarda ilk trillioner

Mask boyligining katta qismi hozirda SpaceX hisobiga töğri keladi. Ilon u yerda qariyb 866 milliard dollarlik uluşga ega.

Kompaniya hujjatlariga asoslangan Reuters hisob-kitoblariga köra, Tesla va uning qolgan barça mulklari bilan birgalikda, juma kuni aksiyalar savdosi boşlanganda uning sof boyligi 1,1 trillion dollardan oşadi. Bu hisob-kitob vaqt ötişi bilan kuçga kiradigan aksiya komponentlarini ham öz içiga oladi.