Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston jamoasi dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi
Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 6 oltin, 3 kumush va 11 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi, qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda to‘rtinchi bor tashkil etilgan nufuzli musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 135 sportchi o‘n to‘rt vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashdi.
Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bahsida Muhriddin Tilovov rossiyalik Sayan Xertek, qirg‘izistonlik Otar Bestayev, qozog‘istonlik Baurjan Jauntayev va sloveniyalik Matiaz Trbovichni yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Ushbu vaznda qatnashgan Sharofiddin Lutfullayev uchinchi o‘rinni egalladi.
Vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuvda Mirzohid Farmonov va G‘iyosjon Boboyev o‘zaro kuch sinashdi. Finalga qadar Mirzohid ozarbayjonlik Mushfiq Yusubov, sloveniyalik Martin Xojak va rossiyalik Vali Kurjyevni yenggan, G‘iyosjon esa qozog‘istonlik Yeldos Jumakanov va ozarbayjonlik Hidoyat Haydarovni mag‘lubiyatga uchratgan. Ikki sportchimiz o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuv Mirzohidning g‘alabasi bilan yakunlandi. G‘iyosjon esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu vazn toifasida qatnashgan yana bir sportchimiz Muso Sobirov esa bronza medal bilan taqdirlandi.
Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Davlat Bobonov qozog‘istonlik Yernazar Xamzin, qirg‘izistonlik Vladimir Zoloyev, ozarbayjonlik Rufat Ismoilov va yaponiyalik Xayato Vatanabeni yengib, turnir g‘olibi bo‘ldi.
Vazni 90 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Yahyo Imomov oltin, Davronbek Sattorov kumush, Muhammadkarim Xurramov bronza medalni qo‘lga kiritdi.
100 kilogrammgacha og‘irlikdagi sportchilar bellashuvida Soyib Qurbonovga teng keladigan raqib topilmadi. Erkin Doniyorov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Vazni 100 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Boltaboy Boltayev bronza medal bilan taqdirlandi.
Xotin-qizlar o‘rtasida vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bahsida Gulnoza Matniyozova barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. O‘z vazn toifasida Diyora Keldiyorova kumush, Nodira Gulova, Muqaddas Kubeyeva, Guloyim Jumaboyeva, Sanobar Sultonova, Kumush Yo‘ldosheva va Rahima Yo‘ldosheva bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026