Statistikaga köra, poytaxtda band aholi soni böyiça ikkinçi örinni işlab çiqariş sanoati egallagan bölib, uşbu sohada 188,9 ming nafar fuqaro faoliyat yuritmoqda. Keyingi örinlarda quriliş (161,2 ming kişi) va ta’lim sohasi (139,4 ming kişi) qayd etilgan.
Şuningdek, davlat boşqaruvi va mudofaa hamda majburiy ijtimoiy ta’minot tizimida 118,6 ming nafar, taşiş va saqlaş sohasida 103,1 ming nafar, boşqa turdagi xizmatlar körsatiş yönalişida esa 96,2 ming nafar aholi band.
Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida 79,1 ming nafar, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlarida 77,1 ming nafar, professional, ilmiy va texnik faoliyatda 71,2 ming nafar kişi mehnat qilmoqda.
Axborot va aloqa sohasida band aholi soni 71,1 ming nafarni taşkil etgan bölsa, moliyaviy va suğurta faoliyatida 43,5 ming nafar, köçmas mulk bilan operatsiyalarda 31 ming nafar fuqaro işlamoqda.
Eng kam bandlik qişloq, örmon va baliq xöjaligi sohasida kuzatilgan bölib, uşbu tarmoqda 5,8 ming nafar kişi faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, elektr, gaz va buğ bilan ta’minlaş sohasida 7,7 ming nafar, suv ta’minoti va çiqindilarni utilizatsiya qiliş yönalişida 13,5 ming nafar aholi mehnat qilmoqda.
Mutaxassislar fikriça, mazkur körsatkiçlar Toşkent şahri iqtisodiyotida savdo, sanoat va xizmat körsatiş tarmoqlari yetakçi örin tutayotganini körsatadi.












