Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri Xillari Klintonni keskin tanqid qildi
Foto: REUTERS
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni uning kurd ayirmachilarini qurollantirishga tayyorligi haqidagi so‘zlari uchun keskin tanqid qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Jumladan, Yildirim Klintonning so‘zlarini axloqsiz va Anqaraning NATO bo‘yicha ittifoqdoshi uchun to‘g‘ri kelmaydigan deb atadi. "Bu nimasi? Axir Amerika bizning ittifoqdoshmasmi? Axir NATO bizning ittifoqdoshmasmi?", deb savol bilan yuzlandi Turkiya bosh vaziri.
9 oktabrda Sent-Luisda o‘tgan teledebatlarda Klinton "kurdlarni qurollantirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini" aytgandi. "Kurdlar – bizning Suriya va Iroqdagi eng yaxshi do‘stlarimizdir", deb aytgan Klinton.
Turkiya anchadan beri AQShni Suriya va Iroqdagi kurd ayirmachilariga nisbatan siyosati uchun tanqid qilib keladi. Anqara kurdlarni Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb tan olingan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqadorlikda deb hisoblaydi. AQSh esa kurd tuzilmalari bilan IShIDga qarshi kurashda hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
11:34
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
08:51 / 27.04.2026
Tramp: eronliklar gaplashishni istasa, oldimizga kelishi yoki qo‘ng‘iroq qilishi mumkin
11:09 / 26.04.2026