Özbekistonning Nyu-Yorkdagi boş konsulxonasi AQŞ hududida bölib turgan özbekistonliklarga ogohlantiriş bilan çiqdi.
Boş konsulxonaning qayd etişiça, sönggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonning ayrim fuqarolari va kelib çiqişi özbekistonlik bölgan şaxslar iştirok etgan bölişi mumkin bölgan huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar tez-tez uçramoqda.
“Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasining Nyu-York şahridagi Boş konsulxonasi Amerika Qöşma Ştatlari hududida bölib turgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat qonunçiligiga qat’iy rioya qilişga, mahalliy qonunlar, an’analar, madaniyat va umumqabul qilingan jamoatçilik xulq-atvor qoidalariga hurmat bilan munosabatda bölişga çaqiradi”, deyiladi murojaatda.
Boş konsulxona har qanday qonunbuzarlik şaxsiy javobgarlikka sabab bölişi va aksariyati qonunga itoatkor bölgan, halol mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan butun özbek jamoatçiligi haqidagi tasavvurga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini ta’kidlagan.
Şuningdek, Özbekistonning Nyu-York şahridagi boş konsulxonasi öz vakolatlari doirasida fuqarolarga zarur konsullik-huquqiy yordam körsatişga tayyorligini bildirib ötgan.
“Şu bilan birga, barça vatandoşlarimizni mas’uliyatli bölişga, qonun talablariga rioya qilişga hamda huquqiy oqibatlarga olib kelişi yoki mamlakatimiz va fuqarolarimizning xorijdagi obrösiga putur yetkazişi mumkin bölgan har qanday harakatlardan tiyilişga çaqiramiz”, deyilgan boş konsulxona murojaatida.












