Providens şahri boş federal sudyasi Jon Makkonnellning ta’kidlaşiça, bahsli çoralar köplab muhojirlarni “huquqiy noaniqlik botqoği”ga taşlab qöygan. Sudyaning fikriça, mazkur şaxslar Kongress tomonidan belgilangan qonuniy tartiblarga amal qilgan va AQŞ Fuqarolik hamda immigratsiya xizmati (USCIS) talablarini bajargan bölsa-da, ularning arizalari oylar davomida körib çiqilmagan.

Makkonnell USCIS öz vakolatlari doirasidan çiqib ketganini va qarorlar qonuniy asoslarsiz qabul qilinganini qayd etdi. Uning fikriça, bu çoralar muhojirlarga nisbatan salbiy munosabatlar ta’sirida qabul qilingan bölib, bunday omillar davlat qarorlariga ta’sir körsatmasligi kerak.

Sud qarori muhojirlarga huquqiy yordam körsatuvçi taşkilotlar va kasaba uyuşmalari koalitsiyasining ğalabasi sifatida baholanmoqda. Uşbu taşkilotlar mart oyida Tramp ma’muriyati siyosati ustidan sudga murojaat qilgan edi.

Tramp 2025 yilda Oq uyga qaytganidan keyin immigratsiya siyosatida bir qator keskin çeklovlarni joriy etgan. 2025 yil iyun oyida Afğoniston, Eron, Yaman, Liviya, Somali, Sudan, Haiti va boşqa bir qator davlatlar fuqarolari uçun AQŞga kiriş töliq taqiqlangan. Şuningdek, Venesuela, Kuba, Turkmaniston va boşqa davlatlar fuqarolariga nisbatan qisman çeklovlar joriy etilgan.

Oradan olti oy ötib, Tramp ma’muriyati çeklovlar röyxatini yana kengaytirdi. 2026 yil 1 yanvardan kuçga kirgan yangi qarorlarga köra, Burkina-Faso, Mali, Niger, Suriya, Janubiy Sudan va boşqa davlatlar fuqarolari ham töliq taqiq ostiga tuşdi. Angola, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya va yana bir qator mamlakatlarga nisbatan esa qisman çeklovlar qöllandi.

Kuzatuvçilar fikriça, mazkur sud qarori Tramp ma’muriyatining qat’iy immigratsiya siyosatiga berilgan eng jiddiy huquqiy zarbalardan biri bölib, kelgusida şunga öxşaş boşqa qarorlarning ham qayta körib çiqilişiga yöl oçişi mumkin.