Jahon | 23:34 / 11.10.2016
5271
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati favqulodda vaziyat tartibini 90 kunga uzaytirishni ma'qulladi

Foto: Erçin Top/AA

Turkiya parlamenti mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini yana 90 kunga uzaytirish taklifini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

Avvalroq Turkiya milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, hukumatga favqulodda vaziyat tartibini uzaytirishni tavsiya qilish qarori qabul qilingani ma'lum qilingandi. 

Turkiya hukumati iyul oxirida "Favqulodda vaziyat tartibi doirasida ko‘riladigan choralar to‘g‘risida"gi qarorini chop etgandi, unda bu tartibning jihatlari keltirib o‘tilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid