Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter’ning bozor narxi uch yil ichida 4,3 barobarga arzonlashib ketdi
Foto: © RIA
Twitter kompaniyasi aksiyalari narxi Frankfurtdagi savdolar ochilishi vaqtida uning mumkin bo‘lgan xaridorlari bitimga qiziqmay qo‘yganlaridan keyin 14 foizga tushib ketdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, avval kompaniyani sotib olish niyatini bildirgan Salesforce.com, Google va Walt Disney kompaniyalari endi uni xarid qilishlari dargumon ko‘rinadi.
Kompaniyaning bozor narxi 12,23 mlrd dollarni tashkil qilmoqda, vaholanki 2013 yil dekabrda uning narxi eng katta qiymati – 53 mlrd dollarga yetgandi. Ya'ni kompaniyaning narxi 3 yil ichida 4,3 barobarga tushib ketgan.
Investorlar va tahlilchilar Jyek Dorsi kompaniyasi agar sotilmasa, aniq harakatlar rejasiga ega emas, deb hisoblamoqdalar.
Mavzuga oid
12:08 / 13.01.2026
Alphabet kompaniyasining kapitalizatsiyasi ilk bor 4 trln dollardan oshdi
12:04 / 27.12.2025
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
19:24 / 10.12.2025