Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda O‘zbekiston va Germaniya hamkorligidagi vodiyda yagona bo‘lgan laparaskopiya markazi ochildi
Bugun Andijon Davlat Tibbiyot instituti qoshidagi klinikada Germaniya hamkorlik tashkiloti loyihasi asosida tashkil etilgan yangi laparaskopiya o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu markazning tashkil etilishi nafaqat Andijon, balki Farg‘ona vodiysida diagnostikani rivojlantirishga, davolashga hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarning malaka va tajribalarini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Maskanda shifokorlar ixtiyoriga jami 355 mln. so‘m mablag‘ evaziga keltirilgan eng zamonaviy davolash va diagnostika uskunalari o‘rnatilgan.
Tadbir avvalida tashkil etilgan anjumanda so‘z olgan Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Nishonov ushbu loyihani yaratishda yaqindan yordam bergan tashkilotchilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, GIZ loyihasi vakillari, Andijon Davlat Tibbiyot instituti hamda barcha hamkorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. O‘z navbatida GIZ loyihasi vakili Gunnar Shtrote ham tashkil etilgan o‘quv-markazi Farg‘ona vodiysi mutaxassislarining muntazam ravishda malakasini oshirib turishlari uchun katta ahamiyatga ega ekanligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.










Elmurod Ermatov, Andijon.
Mavzuga oid
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:07 / 11.05.2026
Olimlar uzoq umr ko‘rish genini topib, umr davomiyligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026