BBC muxbiri Tomas German ekran qarşisida ötkaziladigan vaqtning insonlar salomatligiga ta’siri borasida ilmiy fakt va tadqiqotlarni jamladi. Maqoladagi muhim nuqtalarni uning tilidan hikoya qilamiz.

Jismoniy muammo

Yaqinda pastga qarab, jimjiloğimda kiçkina qadoqsimon şiş paydo bölganini payqadim. U aynan telefonimni tirab turadigan joyda edi. Bu meni öylantirib qöydi: xöş, telefonim tanamning qolgan qismlariga nima qilyapti?

Buni aniqlaş uçun bir qança ekspertlarga qönğiroq qildim. Javob esa sezganingizdek — unçalik quvonarli emas.

Sönggi ilmiy tadqiqotlar şuni körsatadiki, telefoningiz va uning raqamli «hamrohlari» böyningiz şaklini özgartirişi, köriş qobiliyatingizga zarar yetkazişi, motorikangizga ta’sir qilişi va muşaklaringiz kuçini kamaytirişi mumkin.

Odamlar, hatto texnologiyaga boğlanib qolgan hayotimiz köproq ajinlar tuşişiga sabab bölayotganidan ham xavotirda. Uşbu jismoniy muammolarning ba’zilari, öz navbatida – fikrlaş qobiliyatining zaiflaşişi yoki boşqa jiddiyroq muammolarga olib kelişi mumkin.

Sizni bilmadim-u, lekin men bularning barçasiga şunçaki qöl qovuştirib ötirişga tayyor emasman. Ayniqsa, köp ötirişning özi ham muammoning bir qismi bölgani uçun. Agar texnologiya tanangizni barbod qilişini xohlamasangiz, buning oldini oliş uçun bir neçta çoralar mavjud.

Deformatsiyalangan umurtqa poğonasi

Agar siz uşbu matnni telefonda öqiyotgan bölsangiz, katta ehtimol bilan unga qaraş uçun boşingizni pastga egib turibsiz.

Bunday «boşni oldinga egib turiş holati» böyningizga 27 kggaça bosim yuklaşi mumkin. Vaqt ötişi bilan bu umurtqa poğonasidagi disklarga zarar yetkazişi, böğimlar va muşaklarni yemirişi, hatto öpka siğimini kamaytirişi mumkin. Buning hatto öz taxallusi ham bor: «texno-böyin» (tech-neck).

tg_image_2170351215
Boş egilganda bosim ortib borişi

Şuningdek, bu holat tanangiz taşqi körinişini butunlay özgartirişi mumkin. Şifokor ruxsati bilan maxsus maşqlar uşbu muammoni tuzatişga yordam beradi.