Fan-texnika | 19:52 / 12.10.2016
6912
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar dori ishlab chiqarishni tezlashtiruvchi yangi dasturni yaratishdi

Foto: © EPA/NIC BOTHMA

MFTI (Moskva fizika va texnika instituti) qoshidagi Qarish va yoshga doir kasalliklarning molekulyar mexanizmlarini o‘rganuvchi tadqiqot markazi olimlari molekulalar aloqasi va ularning aloqa darajasini aniqlovchi dastur ishlab chiqishdi. Bu kompyuter dasturi yangi dori-darmonlar tayyorlash bosqichlaridan birini yengillashtiradi. MFTI matbuot xizmati shu haqida ma'lumot berdi.

Dori, inson organizmiga kelib tushib, qoidaga ko‘ra, molekulyar darajada qandaydir oqsillar va genlarga ta'sir ko‘rsatishi kerak. Masalan, agar dori virusga qarshi bo‘lsa, u viruslarga inson genomiga aralashishga xalaqit berishi kerak. Shunda virus oqsili nishonga aylanadi. Virus oqsili tuzilmalari, hattoki uning molekulasidagi eng muhim joyi qaysi ekanligi ayon - ulash sayti. Ulash saytiga muayyan molekula ko‘rinishidagi "to‘siq" qo‘yilsa, u holda oqsil inson genomiga "joylasha" olmaydi va shu tariqa virus "o‘ladi". 

Dori yaratish uchun moddalar xususiyati, shu jumladan ularning atomlarini yaxshi bilish lozim. Olimlar moddalardagi atomlar holatini aniqlovchi tizim yaratishdi. MFTI xodimlari Mariya Kadukova va Sergey Grudinin Knodle deya nomlangan tizimni ishlab chiqishdi. Ular mashina ta'limi texnologiyasini qo‘llashdi - dasturga 7000dan ziyod kimyoviy birikma namunalari kiritildi, algoritm ularga asoslanib, yangi dorilar molekulalaridagi atomlar holatini aytib beradi. 

Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Knodle o‘ziga o‘xshagan dasturlardan bir qadam oldinda: u atigi 3,9 foiz xatoga yo‘l qo‘yadi, uning eng yaqin raqibi esa - 4,7 foiz. Olimlar mazkur dastur yordamida dori ishlab chiqarishni sezilarli darajada tezlashtirish mumkin, deb hisoblashmoqda. 

 

Mavzuga oid