Xitoyning NeuroXess startapi özining “miya-kompyuter” interfeysi (BCI) klinik sinovlarining hayratlanarli natijalarini e’lon qildi. BCI — 256 kanalli moslaşuvçan qurilma. U Şanhaydagi Huaşan şifoxonasida epilepsiya bilan oğrigan 21 yoşli bemor ayolga implantatsiya qilindi.

Olimlar qurilma yordamida bemorning miyasidan elektrokortikogramma(EKoG)ni ajratib olişga va uni neyron tarmoği orqali real vaqt rejimida rasşifrovka qilişga muvaffaq böldi. Bu jarayon 60 millisoniyadan kamroq vaqt oldi va miya funksiyalarini aniq xaritalaş imkonini berdi.

Operatsiyadan atigi 48 soat ötgaç, bemor stol tennisi va “Ilonça” öyinini faqat fikr kuçi bilan öynay oldi. NeuroXess operatsion tizimidan ikki hafta foydalangandan keyin esa ayol WeChat va Taobao kabi ilovalar bilan işlaşni örgandi, şuningdek “aqlli uy” tizimlarini va nogironlar aravaçasini boşqarişni boşladi.

Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri xitoy tilining öziga xos xususiyatlari tufayli murakkab bölgan xitoyça nutqni şifrdan çiqariş edi. Sinovlar davomida qurilma 142 ta keng tarqalgan böğinni 71 foiz aniqlikda öqidi, bunda fikr paydo bölişi va ekranda natija çiqişi orasidagi vaqt 100 millisoniyaddan kam böldi.

Kompaniya tomonidan e’lon qilingan video bemorning robotlaştirilgan qöllarni qanday boşqarayotgani, buyumlarni qanday olayotgani va raqamli avatar bilan muloqot qilayotganini körsatadi. Masalan, “Tanişganimdan xursandman” degan fikr xitoy iyerogliflari körinişida ekranda aks etadi.

NeuroXess Ilon Maskning Neuralink nomli startapi bilan raqobatlaşib, yangi bosqiçga çiqişga intilmoqda. Kompaniya asosçisi Tao Xuning ta’kidlaşiça, ularning texnologiyasi miya töqimalariga çuqur kirmaydigan, xavfsizroq yondaşuvga asoslangan, bu esa şikastlaniş xavfini kamaytiradi.

BCI harakat va nutq buzilişlariga ega millionlab odamlarning hayotini yaxşilaşni maqsad qilganini ta’kidlaydi. Yaqin kelajakda uşbu texnologiya tibbiyot amaliyotining ajralmas qismiga aylanişi mumkin, bu esa organizm funksiyalarini tiklaş uçun yangi imkoniyatlarni oçib beradi.