22:53 / 12.10.2016
13570

Ronaldu, Chex va Barri Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Foto: Guinness World Records

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu, "Arsenal" darvozaboni Petr Chex va "Everton" yarim himoyachisi Garet Barri hamda "Lester Siti" klubi Ginness rekordlar kitobining 2017 yilgi yangi versiyasiga kiritildi. Bu haqda Guinness World Records ma'lum qildi. 

Ronaldu "Tvitter"dagi eng mashhur sportchi sifatida (47 mln obunachi) e'tirof etildi. Chex Angliya Premer-ligasida eng ko‘p "quruq" o‘yinlar o‘tkazgan darvozabon (181 ta o‘yin), Barri esa APLda to‘p surgan jamoalarida asosiy tarkibda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi bo‘ldi. 

Angliyaning amaldagi chempioni "Lester" APLda rekord darajada sakrashni amalga oshirgan: "tulkilar" 2014-2015 yillardagi mavsumda APLda 14-o‘rinni egallashgan, keyingi mavsumda esa chempion bo‘lib, 13 o‘ringa yuqorilay olishgan.

 

Maanba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top