“Çelsi” va “Arsenal” futbol klublarining sobiq darvozaboni Petr Çex xokkey böyiça Britaniya çempionatining 2-divizionida iştirok etuvçi “Gilford Feniks” klubi öyinçisiga aylandi. Bu haqda klub saytida ma'lum qilingan. 

Çex özining yangi jamoasi uçun şu dam oliş kunlari, ya'ni 13 oktyabrda debyut qilişi mumkin. 

Klub bayonotida ta'kidlanişiça, Çex jamoa bilan şartnoma tuzişdan oldin muz ustida jadal maşğulot ötkazgan. U klub uçun mavsum oxirigaça darvozabon sifatida öynaydi. 

“Men “Feniks” uçun öynaş imkoniyatidan xursandman. Uşbu yoş jamoaga mavsumda qöygan maqsadlarida erişişida yordam berişga va u uçun iloji boriça köproq öynaşga umid qilaman. Professional futboldagi 20 yillik faoliyatimdan keyin men yoşlikdan tomoşa qilişni yaxşi körgan xokkeyda özimni sinab köriş men uçun ajoyib tajriba böladi”, deb aytgan Çex.

37 yoşli sportçi 2018/2019 yillardagi mavsumdan keyin futbolçilik faoliyatini yakunlagandi. U öz faoliyatida davomida 4 karra Angliya çempioni bölişga, Çempionlar ligasi va Yevropa ligasida ğalaba qozonişga, Çexiya terma jamoasi safida Yevro-2004’ning bronza medalini qölga kiritişga muvaffaq bölgan.