«Arsenal» darvozaboni Petr Çex joriy mavsum yakunida futbolçilik faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda uning özi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e'lon qilgan.
«Bu mening professional futbolçi sifatidagi 20-mavsumim. Men ilk şartnomamni imzolaganimdan buyon 20 yil vaqt ötdi. Hozir futboldan ketişi haqida e'lon qilişning ayni payti. APLda 15 yil va men köplab sovrinlar yutib oldim. Men endi özim istagan natijalarga erişdim. Men qolgan vaqt davomida „Arsenal“ uçun mehnat qilişda davom etaman, bu jamoa bilan yana bir sovrin yutib olişni istayman. Meni hali maydonda nimalar kutayotganini bilişni istayman», — deb yozgan ayni vaqtda 36 yoşda bölgan çexiyalik darvozabon tvitterida.
Çex Çexiya terma jamoasi uçun 124 öyin ötkazgan. U qatorasiga 4ta Yevropa çempionatida (2004, 2008, 2012, 2016) va bir jahon çempionatida (2006) terma jamoaning asosiy darvozaboni sifatida harakat qilgan.
U joriy mavsumda Angliya çempionatida 7 öyinda maydonga tuşdi.
Çex «Çelsi» va «Arsenal»dagi faoliyati davomida 4 marta Angliya çempionligi, 5 marta Angliya Kubogi, 4 marta Angliya Ligasi Kubogi, 4 marta Angliya Superkubogi sohibi bölgan. U «Çelsi» bilan bir martadan Yevropa Çempionlar ligasi hamda Yevropa Ligasida ğolib çiqqan.
Petr Cech announces that he will retire at the end of the 2018/19 #PL season.
— Premier League (@premierleague) 15 yanvarya 2019 g.
A legend between the sticks. pic.twitter.com/ZECGFL9l1W











