Jamiyat | 19:45 / 13.10.2016
8638
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalar nafaqa pulini olib berishga va'da qilgan tamagir posbon uyatga qoldi

Foto: Bnews.kz

Sirdaryo viloyatidagi mahallalardan birida Tursunbek Odilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 6 oy posbon vazifasida ishladi. U yaqinda qing‘ir qilmishi uchun sud oldida javob berdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

T.Odilov yaqin tanishi Sh. Asilovani uchratib qoldi. Shohsanam bolalariga nafaqa olish tashvishida yurgan ekan. Tursunbekda g‘araz niyat paydo bo‘ldi. U garchi xizmat vakolatiga kirmasa-da, tanishiga bolalari uchun nafaqa olishda yordam berishni va'da qildi. Nosir nafaqa tayinlovchi tanishi borligini aytib, Sh.Asilovadan xizmat haqi evaziga ochiqdan-ochiq ellik ming so‘m so‘radi.

Posbonning bunday ta'migirligi Sh.Asilovaga g‘alati tuyuldi. Shunday bo‘lsada ertasi kuni aytilingan pulni posbonga yetkazdi. Lekin oradan bir oy o‘tsada nafaqadan darak bo‘lmadi. Sh.Asilova yana tamagirga telefon qilgach, hafsalasi pir bo‘ldi. Tursunbek esa g‘arazli niyatidan kechmagandi. Sh.Asilovadan takroran pul olish ilinjda unga qo‘ng‘iroq qiladi. Shohsanam unga yana bir bor 50 ming so‘m berdi. 

Posbonning qilmishi fosh bo‘lib, uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid