Mashinasida odam urib yuborib, so‘ngra voqea joyidan berkingan rahbar qo‘lga tushdi

Foto: Kun.uz ( illyustrativ foto )
Shermirza (ismlar o‘zgartirilgan) katta bir tashkilotga rahbar etib tayinlandi. Yangi lavozimda biroz o‘zini ko‘rsatgan Shermirza bora-bora maishatga, ichkilikbozlikka ruju qo‘ydi. Sarxush holatda mashina haydab uyiga kelish odatga aylandi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.
O‘sha kuni ham sarxush holatda u o‘z “Neksiya”sini boshqarib kelayotgan edi. Qishloqqa kirish yo‘lida mashinaga nimadir qattiq urilganidan Shermirza bir seskanib tushdi. U voqea joyidan qochib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Ertalab soat yettilar chamasida Shermirza turmush o‘rtog‘ining so‘zlaridan zo‘r-bazo‘r ko‘zini ochdi. Xotini unga ichki ishlar xodimlari so‘rab kelganini aytayotgan edi.
Tergov jarayonlaridan shu narsa ayon bo‘ldiki, u yarim tunda urib yuborgan jabrdiyda o‘zining mahalladoshi, 19 yashar yigit bo‘lib chiqdi. Jinoyat ishlariga oid tibbiy ekspertizalardan ma'lum qilinishicha, marhum transport vositasi urib yuborgandan so‘ng, biroz o‘zini yo‘qotgan, o‘ng qo‘li sinib, yo‘l chetidagi ariqqa yiqilgan va suvdan chiqa olmay, og‘ziga suv kirishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Shermirzaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi

14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi

16:05 / 03.08.2024
Sudlar “amnistiya” vositasiga aylantirib olgan modda. Nega jazoning muqarrarligi ta’minlanmayapti?

17:11 / 14.06.2024