Jahon | 07:49 / 13.10.2016
10378
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Suriyadagi vaziyat uchun javobgarlikni AQSh va uning ittifoqdoshlari zimmasiga yukladi

Foto: telekanala TF1.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin TF1 fransuz telekanaliga bergan intervyusida Suriya va mintaqadagi joriy vaziyat uchun javobgarlik birinchi navbatda AQSh va uning ittifoqdoshlari zimmasida ekanligini aytdi. Intervyu matni Kreml saytida chop etildi.

Putin Halabni bombardimon qilish bo‘yicha, jumladan AQSh va Fransiya tomonidan  Rossiyaga qo‘yilayotgan ayblovlarga izoh berish iltimosiga bu ayblovlarni "haqiqiy vaziyatni hisobga olmaydigan siyosiy safsata" deb atadi.

"Men aminmanki, Suriya va mintaqada vujudga kelgan vaziyat uchun javobgarlik bizning g‘arblik sheriklarimiz, birinchi navbatda AQSh va uning ittifoqdoshlari zimmasidadir. Keling, hamma "arab bahorini" otashin qo‘llab-quvvatlaganini bir eslaylik. Qani hozir bu optimistlik? Bu hammasi nima bilan yakunlandi?", deb aytdi Putin.   

Putin tartibsizliklar girdobida qolgan bu davlatlardan na Fransiya , na Rossiya va na AQSh uchun tahdid taralmaganini aytdi.  

"Endi esa bu davlatlar terrorchilik xavfi manbaidir. Bizning maqsad shundan iboratki, bunga Suriya hududida yo‘l qo‘ymaslikdir", deb ta'kidlab o‘tdi Putin. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid