25 iyun kuni AQŞ Markaziy qömondonligi Quruqlik qöşinlari (ARCENT) qömondoni örinbosari general-mayor Maykl J. Lini boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga amaliy taşrifi doirasida Milliy gvardiyada uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda Milliy gvardiya qömondoni örinbosari polkovnik S. Mamayusupov hamda tegişli tarkibiy bölinmalar rahbarlari iştirok etdilar.
Muloqot davomida tomonlar Milliy gvardiya va AQŞ Markaziy qömondonligi örtasidagi harbiy hamkorlikning bugungi holati va uning istiqbolli yönalişlarini muhokama qildilar.


Xususan, 2026–2027 yillarga möljallangan özaro hamkorlik rejasi hamda hamkorlik memorandumi loyihalari yuzasidan fikr almaşilib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirişga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Şuningdek, xalqaro harbiy ta’lim va tayyorgarlik dasturi (IMET) doirasida Milliy gvardiya harbiy xizmatçilarining iştirokini kengaytiriş, ularning kasbiy salohiyati va malakasini oşirişga qaratilgan ta’lim loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.












