Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Maradona xayriya uchrashuvi vaqtida Veron bilan tortishib qoldi
Video: Maradona xayriya uchrashuvi vaqtida Veron bilan tortishib qoldi
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradona argentinalik boshqa bir sobiq futbolchi Xuan Sebastyan Veron bilan Rimda o‘tkazilgan Match for Peace nomi ostidagi xayriya uchrashuvi vaqtida qattiq bahslashib qoldi.
Uchrashuv tarkibida Veron bo‘lgan Ronaldino boshchiligidagi jamoaning Maradona boshchilik qilgan jamoa ustidan 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. G‘olib jamoa safida gollarga Frederik Kanute, Boyan Krkich, Ernan Krespo va Fernando Kavenagi mualliflik qilgan bo‘lsa, Maradona jamoasidan gollarni Antonio Di Natale, Franchesko Totti va Nikolas Burdisso urgan.
2010 yilgi Jahon chempionatida Maradona bosh murabbiyligidagi Argentina muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Veron terma jamoani professional mutaxassis boshqarishi kerakligini aytganidan keyin ushbu ikki sobiq sportchi o‘rtasida munozaralar yuzaga kelgandi.
Bunga javoban Maradona Veronni sotqin deb atab, na futbolchi va na uning otasi haqida eshitishni xohlamasligini ta'kidlagandi.
JCh-2010 Argentina terma jamoasi uchun chorak finalda yakunlangan, tarkibda Veron ham bo‘lgan jamoa Germaniyaga 0:4 hisobida yutqazgandi.
Mavzuga oid
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
13:10 / 20.05.2023
Messi va Maradona kashf etilgan turnir. Osiyo chempioni Argentinada tarixni yangilay oladimi?
00:07 / 18.12.2020
Sud Maradonaning jasadini krematsiya qilishni taqiqlab qo‘ydi
22:13 / 07.08.2018