Sport | 22:13 / 07.08.2018
5810
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona Argentina terma jamoasini boshqarishni istayapti

Brestning «Dinamo» klubi boshqaruv raisi Diyego Maradona OAV xodimlari nega uni Argentina terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritmayotganidan hayron ekanini aytdi.

«Nega jurnalistlar meni nomzodlar ro‘yxatiga kiritmayapti, bundan xavotirdaman. Umuman tushunmayapman. Boshqa sobiq bosh murabbiylar haqida yozishyapti, meni esa hech kim eslamayapti. Terma jamoa uchun jonimni berishga tayyorman», – deb yozdi Diyego.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2008-2010 yillarda Argentina terma jamoasini boshqargan va u bilan JCh-2010 chorakfinalagacha yetib borgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid