Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: AQSh neftgaz kompaniyasi IPO amaliyotini o‘tkazdi
Foto: AP
AQSh so‘nggi ikki yilda ilk marotaba neftgaz kompaniyasining aksiyalarini birlamchi joylashtirish (IPO) bo‘lib o‘tdi. Bu esa, neft narxining pastligiga qaramay, energiya kompaniyalariga bo‘lgan qiziqish saqlanib qolganidan darak beradi, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi.
Denverda joylashgan Extraction Oil & Gas kompaniyasi 12 oktabr kuni 33,3 million aksiyasini har birini 19 dollardan sotishga muvaffaq bo‘lgan. Savdolarning birinchi kunida aksiyalar narxi 15 foizga ko‘tarilib, 21.85 dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, kompaniya 2,4 milliard dollarga baholanmoqda. Qayd etilishicha, AQShda neftgaz kompaniyalari OAJlarga aylantirilgan vaqtda neft qiymati hozirgidan ikki marta qimmatroq edi.
Extraction kompaniyasi Amerikaningi Kolorado shtatidagi 90 ming gktardan ortiq hududda qazish ishlarini olib borish huquqiga ega. Tahlilchilar va bankirlarning fikricha, ushbu IPO aksiya bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan boshqa neft va gaz kompaniyalariga dalda berishi mumkin. Masalan, Jagged Peak Energy va Brigham Resources kompaniyalari ham shunday imkoniyatni o‘rganib chiqmoqda.
Amerika neftgaz kompaniyasining oxirgi IPO joylashtirishi 2014 yil iyun oyida, bir barreli 106 dollar bo‘lgan vaqtda amalga oshirilgan edi.
IPO – initial public offering – bunda kompaniya aksiyalari investitsiya fondlari yoki yirik banklarga sotiladi va ularning kafolati orqali birja savdolariga chiqariladi.
Mavzuga oid
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
21:10 / 16.04.2026
AQSh Eronga qarshi yana bir «Iqtisodiy qahr» operatsiyasini boshlaydi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
18:29 / 16.04.2026