"Formula-1" poygasining sobiq poygachisi Mark Uebber faoliyatini yakunlashini e'lon qildi
"Formula-1" poygasining sobiq poygachisi, hozirda bardoshlilik bo‘yicha poygalar jahon chempionatida Porsche uchun ishtirok etuvchi Mark Uebber 2016 yilgi mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashini e'lon qiladi. Avstraliyalik poygachi "Porshe" bilan hamkorligini davom ettiraveradi, u markaning rasmiy vakili lavozimini egallaydi.
Shu tariqa, Uebberning oxirgi poygasi 19 noyabrda o‘tadigan "Bahrayn 6 soati" marafoni bo‘ladi. Uebber 6 ta bosqichdan keyin 4-o‘rin egallamoqda. Poyganing navbatdagi bosqichi "Fuzi 6 soati" Yaponiyada 16 oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Uebber "Formula-1"dagi faoliyatini 2002 yilda Minardi jamoasida boshlagan. Keyinchalik Jaguar, Williams va Red Bull jamoalari uchun ishtirok etgan. Uebber 2010, 2011 va 2013 yillardagi mavsumlarni 3-o‘rin bilan yakunlagan. U 2013 yilda "Formula-1"dan ketishini e'lon qilgan. Uning hisobida poyganing 217 ta Gran-prisi, 9 ta g‘alabasi va 42 ta podiumi bor.
Uebber Porsche uchun 2014 yildan beri ishtirok etmoqda. 2015 yilda uning ekipaji poygachilar hisobida yutgan va "Le-Man 24 soati"da ikkinchi bo‘lgan.