"Formula-1" jamoalaridan biri Williams özining poygaçisi Felipe Massaga u Braziliya Gran-prisida iştirok etgan FW38 poyga bolidini sovğa qildi. Bu haqda jamoa rahbari Kler Uilyams "Formula-1"dagi faoliyatini yakunlagan braziliyalik poygaçi şarafiga Abu-Dabidagi Gran-Pri saralaş poygasidan keyin uyuştirilgan xayrlaşuv keçasida ma'lum qildi.
Braziliyadagi "Interlagos" trekidagi poyga Massa uçun oxirgi uy bosqiçi bölgandi. Uning bolidi Williams’ning boş homiysi Martini kompaniyasining poygaçi şarafiga maxsus tayyorlangan logotipi hamda orqa aksqanotga portugalça "Rahmat" deb tuşirilgan yozuv bilan bezaldi. Braziliyadagi poygada Massa yomğir şaroitida xatoga yöl qöyib, maşinani şikastlagandi.
Massa "Formula-1"dan ketişini sentabrda e'lon qilgandi. Uning faoliyatidagi oxirgi va umumiy hisob böyiça 250-poygasi Abu-dabi Gran-prisi böldi. U poygani 9-örinda, umumiy hisobda 53 oçko bilan mavsumni 11-örinda yakunladi.
Poygaçi öz faoliyatini 2002 yilda "Sauber" jamoasida boşlagan. 4 yildan keyin u Ferrari jamoasiga ötgan va mavsum yakuniga köra 3-örinni egallagan. 2008 yilda esa vitse-çempion bölgan. U özining oxirgi jamoasiga 2014 yilda ötgan. Poygaçi jamoa uçun eng yaxşi körsatkiçiga 2015 yilgi mavsumda erişgan: u mavsum yakuniga köra 6-örinni egallagan.












