Jahon | 21:24 / 14.10.2016
7419
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada sirk gumbazi odamlar ustiga tushib ketdi

Foto: © AFP

Fransiyaning Korsika orolidagi Ayachcho shahrida ko‘chib yuruvchi sirk gumbazi tomosha vaqtida odamlar ustiga tushib ketdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Oqibatda 23 kishi jabr ko‘rgan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Gumbaz kuchli shamol tufayli tushib ketgan.

Bu vaqtda sirk ichida 350 ga yaqin bola bo‘lgan. Sarosima boshlangan, odamlar baqir-chaqir qilib tashqariga yugura boshlaganlar. Asosan katta yoshlilar jarohat olgan.

Hozir voqea joyida bir nechta o‘t o‘chirish brigadalari, qutqaruvchilar va politsiya ish olib bormoqda. Brezent va metalldan yig‘ilgan konstruksiyani yig‘ishtirib olishga yomon ob-havo sharoiti xalaqit qilmoqda.

Voqea yuzasidan mahalliy hukumat tomonidan inqiroz markazi tuzildi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid