Sport | 20:23 / 14.10.2016
7965
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq skaut Ronaldu 2003 yilda «Arsenal»ga o‘tmay qolgani sababini aytdi

Foto: Sport

«Arsenal» klubining sobiq skauti Damen Komolli o‘z vaqtida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni jamoaga olib kelmoqchi bo‘lgani, londonliklar jamoasi uni safga qo‘shib olishga juda yaqin kelgani haqida gapirdi.

«Birinchi marta Ronalduni bolalar musobaqasida ko‘rib qolganman. O‘shanda u 15 yoshda edi. O‘shanda «Jin ursin, bu kim bo‘ldi o‘zi?» deb yuborganman. Shundan so‘ng, tanaffusda portugaliyalik hamkasbimga qo‘ng‘iroq qildim va shunday qobiliyatli futbolchini ko‘rganim haqida gapirdim.

Men Terri Anridan keyin hali bunday topilmani uchratgan emasdim.

Ronaldu «Arsenal» qarorgohiga ikki marta kelgan, o‘zi kumiri deb biladigan Anri bilan uchrashgan. Buni hech kim bilmaydi. Ammo transferga navbat kelganida, bizda pul topilmagan.

Bir necha oydan so‘ng, «Sporting» va «MYu» Lissabonda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazganida, Fergyuson Ronalduni ko‘rib qolgan va «bu yigitcha «Yunayted»ga olib o‘tgan», deya Komollining so‘zlarini keltirgan SFR Sport.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2003 yili 17,5 mln yevro evaziga «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga transfer qilingandi.

U Manchesterda 196ta uchrashuv o‘tkazib, 84 gol urdi va 2008 yilda Madridga 93 mln yevro evaziga yo‘l oldi.

Mavzuga oid