Jahon | 17:14 / 15.10.2016
4884
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘doddagi qo‘poruvchilik qurbonlari soni 30 nafardan oshdi
Bugun, 15 oktabrda Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida sodir etilgan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 nafarga yetgan. Assoshieyted Press agentligining shifokorlar va politsiya mahkamasiga tayangan holda xabar qilishicha, kamida 65 kishi tan jarohati olgan.
Bundan avval, hudkush terrorchining xurujidan 17 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Voqea shaharning shimolidagi Shaab tumanida, shialarning xotira marosimida sodir etilgan.
Hozircha, mazkur jinoyat uchun javobgarliki hech bir tashkilot zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
23:04 / 02.10.2024