Seşanba kuni Iroq poytaxti Bağdodda amerikalik jurnalist ayol öğirlab ketildi. Reutersʼning yozişiça, Iroq içki işlar vazirligi jurnalist öğirlab ketilganini tasdiqlagan, biroq uning fuqaroligini oşkor qilmadi.
Vazirlikning bildirişiça, bir gumonlanuvçi qölga olingan va jurnalistni qidiriş hamda ozod qiliş böyiça harakatlar davom etmoqda.
Keyinçalik jabrlanuvçining şaxsi aniqlandi: u Rimda istiqomat qiluvçi amerikalik mustaqil jurnalist Şelli Kitlson bölgan. Kitlson Yaqin Şarqdagi bir qança uruşlarni yoritgan hamda Al-Monitor, Foreign Affairs kabi naşrlar uçun maqolalar tayyorlab kelgan.
🚨 BREAKING: U.S. journalist Shelly Kittleson has been kidnapped in Baghdad, and authorities are actively searching for her, Iraq’s Interior Ministry confirms.
— Breaking911 (@Breaking911) March 31, 2026
pic.twitter.com/vM8A9KyRCA
Politsiya mulozimlari sözlariga köra, Kitlsonni Sa’dun köçasidagi «Baghdad» mehmonxonasi yaqinida fuqarolik kiyimidagi tört kişi qölga olib, noma’lum avtomobilda olib ketgan. Qidiruv işlari poytaxtning şarqiy qismiga qaratilgan, çunki jinoyatçilarning maşinasi aynan öşa yönalişda ğoyib bölgan.
AQŞ Davlat departamenti rasmiysi Bağdodda amerikalik jurnalist öğirlab ketilganidan xabardor ekanini va jurnalist bunday xavfdan ogohlantirilganini aytdi.
«Davlat departamenti avvalroq uşbu şaxsni unga nisbatan mavjud tahdidlar haqida ogohlantiriş böyiça öz burçini bajargan edi. Biz uning imkon qadar tezroq ozod etilişini ta’minlaş uçun FQB bilan muvofiqlaştiriş işlarini davom ettiramiz», deb yozdi departament rasmiysi. Şuningdek, amerikaliklarga yana bir marta har qanday sabab bilan Iroqqa safar qilmaslik tavsiya etildi.
CNN naşrining AQŞ Davlat departamentidagi manbalariga köra, jurnalistni öğirlaşda qatnaşganlikda gumon qilinib Iroq hukumati tomonidan hibsga olingan şaxs Eron tarafdori bölgan «Kataib Hizbulloh» qurolli guruhi bilan aloqador. Uşbu guruh oldin ham amerikaliklarni bir neça bor nişonga olgandi.









