19:14 / 15.10.2016
8181

Oliy Liga. "Bunyodkor" "Nasaf"ni, "Neftchi" esa "Paxtakor"ni mag‘lub qildi

Foto: fcbunyodkor.com

Oliy Liganing 25-turidan o‘rin olgan yana uchta uchrashuv yakuniga yetdi. Mazkur turning ikkita markaziy bahsi bo‘lib o‘tdi. Toshkentda "Bunyodkor" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi. Uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozonishga erishdi. Bu o‘yindagi yagona golni Eldor Shomurodov tomonidan kiritildi. Shunday qilib, "Bunyodkor" peshqadam "Lokomotiv"ni ortidan quvishda davom etadi. 

Farg‘onada "Neftchi" esa "Paxtakor"ni qabul qildi. Sherzod Hakimovning 18-daqiqasida kiritgan goli "Neftchi"ga g‘alaba keltirdi, - 1:0. 

G‘uzorda esa "Sho‘rtan" jamoasi "Andijon"ni qabul qildi. O‘yinda Zafar Polvonov dubli "Sho‘rtan"ga g‘alaba keltirdi. 

"Bunyodkor" - "Nasaf" - 1:0

Gol: Eldor Shomurodov 19.

"Neftchi" - "Paxtakor" - 1:0

Gol: Sherzod Hakimov 18.

"Sho‘rtan" - "Andijon" - 2:0

Gollar: Zafar Polvonov 66,72.

 

Manba: tribuna.uz

Top